Qozog‘istondagi bolalar ham qozoq, ham rus tilini bilishi kerak — Toqayev

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev, arxivnoe foto
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston rahbari bu yosh avlod manfaatlariga mos keladi deb hisoblaydi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev respublika maktab o‘quvchilarining qozoq va rus tillarini o‘rganishi muhimligi haqida gapirdi.

“Biz qozoq va rus tillarini yaxshi biladigan bolalarni tarbiyalashimiz kerak. Bu yosh avlod manfaatlariga mos keladi. Ta’lim vazirligi aynan bolalar manfaatlaridan kelib chiqishi kerak”, - dedi u parlament palatalarining qo‘shma majlisida xalqqa qilgan murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “yosh avlod egallagan bilim, jumladan, til ko‘nikmalari jihatidan ikki oyoqda mustahkam turishi kerak”.
Yangiliklar lentasi
0