Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralarini tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonga 100 million dollar ekvivalentida kredit liniyasini ajratiladi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik va infratuzilmalarni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda;
ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga BHMning bir baravari miqdorida belgilandi.
Bunda, yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
1 oktabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar davlat Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishda, shu jumladan eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan xomashoni respublika bo‘ylab tashishda transport xarajatlarining 70 foizini qoplab beradi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mahalliy biznes olgan kredit summasining 75 foizigacha kafilliklar taqdim etadi. Kafillikning maksimal miqdori - 2,5 milliard so‘m.
Mintaqada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari uchun qo‘shimcha 200 milliard so‘m kredit ajratiladi, yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur asbob-uskunalarni xarid qilishga 7-yil muddatga qarz mablag‘lari taqdimetiladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga Qoraqalpog‘istonga 100 million dollar ekvivalentida kredit liniyasini ajratish topshirig‘i berildi.
95 million dollar miqdoridagi kredit liniyasi tijorat banklariga, 5 million dollari esa “Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo qilishga ajratiladi.
Bu mablag‘lardan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Yillik 14 foiz stavkada, 7-yilgacha muddatga, shu jumladan 2-yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan.
Bundan uy-joy qurilishi, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish holatlari mustasno.
Eslatib o‘tamiz, prezident Nukusga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston uchun alohida imtiyozlar berilishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0