https://oz.sputniknews.uz/20220901/korruptsiyaviy-xatarni-aniqlash-va-baholash-uslubiyoti-tasdiqlandi-27680776.html
Korrupsiyaviy xatarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi
Korrupsiyaviy xatarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi. 01.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-01T12:31+0500
2022-09-01T12:31+0500
2022-09-01T12:31+0500
jamiyat
korrupsiya
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20230840_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_35dcd8aec4b4be251e2b457675ba5db4.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Adliya vazirligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.Unga ko‘ra, davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi.Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus bo‘linma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, o‘rta, yuqori o‘lchovlarda baholanadi.Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.Davlat tashkiloti rahbari har yili 1-martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20230840_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_497c90c1746f14b6bb066061a50dcc03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
jamiyat, korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Korrupsiyaviy xatarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi
Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Adliya vazirligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti davlat ro‘yxatidan
o‘tkazildi. Unga ko‘ra, davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus bo‘linma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, o‘rta, yuqori o‘lchovlarda baholanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.
Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.
Davlat tashkiloti rahbari har yili 1-martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.