https://oz.sputniknews.uz/20220901/kinematografiya-fidokori-kokrak-nishoni-tasis-etildi-27678231.html
“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Sputnik O‘zbekiston
U bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi. 01.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-01T11:16+0500
2022-09-01T11:16+0500
2022-09-01T11:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
ko‘krak nishoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964007_0:0:2731:1537_1920x0_80_0_0_9349e52545e3084ba6b73403803414a7.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Hukumatning 31-avgustdagi 480-son qarori bilan “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1-dekabrgacha Kinematografiya agentligiga beriladi.Taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 kishilik komissiya tuziladi.Komissiya tomonidan 20-dekabrgacha munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qilinadi va u asosida bosh direktor buyrug‘i 25-dekabrgacha qabul qilinadi.Ko‘krak nishoni har yili 28-dekabr – Xalqaro kino kuni arafasida tantanali topshiriladi.Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964007_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_126140ea206f82b93d17520140676fcb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston kinematografiya agentligi, ko‘krak nishoni
jamiyat, o‘zbekiston kinematografiya agentligi, ko‘krak nishoni
“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
U bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Hukumatning 31-avgustdagi 480-son qarori bilan “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi
xabar berdi. Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1-dekabrgacha Kinematografiya agentligiga beriladi.
Taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 kishilik komissiya tuziladi.
Komissiya tomonidan 20-dekabrgacha munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qilinadi va u asosida bosh direktor buyrug‘i 25-dekabrgacha qabul qilinadi.
Ko‘krak nishoni har yili 28-dekabr – Xalqaro kino kuni arafasida tantanali topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi.