Erkinov kelajakda Shomurodov singari Yevropa chempionatlarida o‘ynashni xohlashini aytdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishIgrok FK "Torpedo" Xojimat Erkinov
Igrok FK Torpedo Xojimat Erkinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
Moskvaning “Torpedo” klubi yarim himoyachisi Italiya va Ispaniya chempionatlarida to‘p surishni istashini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Moskvaning “Torpedo” klubi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi sherigi, hozir Italiyaning “Roma” jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchi Eldor Shomurodov izidan borish istagi borligini tan oldi.

“Shomurodov tarixini qaytarish istagi bormi – Rossiyadan Yevropaga ketish? Ha, albatta. Shu maqsadda bu yerga keldim. O‘zim Italiya va Ispaniya chempionatlarida o‘ynashni istagan bo‘lar edim”, - dedi Erkinov Sport24 nashri bilan suhbatda.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u Eldor Shomurodov bilan ko‘p muloqot qilib turadi. Suhbatlarda ma’lum bo‘lishicha, Shomurodov jamoasining asosiy tarkibida o‘ynashni xohlaydi, lekin "Roma"da buni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida “Torpedo” klubi o‘zbekistonlik 21 yoshli Hojimat Erkinov bilan uch yillik shartnoma imzolagan edi. Futbolchi Moskva klubiga “Paxtakor”dan o‘tdi.
Erkinov Rossiya premyer ligasida “Torpedo” safida 6 ta o‘yinda qatnashdi va hozircha gol urishga muvaffaq bo‘lmagan.
Yangiliklar lentasi
0