https://oz.sputniknews.uz/20220831/rossiya-harbiylari-zaes-yaqinida-ukraina-dronini-urib-tushirdi-27647116.html
Rossiya harbiylari ZAES yaqinida Ukraina dronini urib tushirdi
Rossiya harbiylari ZAES yaqinida Ukraina dronini urib tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari ZAES yaqinida Ukraina dronini urib tushirdi
2022-08-31T16:03+0500
2022-08-31T16:03+0500
2023-04-05T18:39+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
aes
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27058846_0:244:2863:1854_1920x0_80_0_0_caa72656e02259289f0f3932dc95e73b.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye atom elektr stansiyasi yaqinida Ukraina pilotsiz uchar apparatini urib tushirdi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.Dron parchalari stansiyaga kirish qismidagi yo‘l yoniga qulagan. Voqea joyiga yetib kelgan Rossiya harbiylari taxminlarga ko‘ra, bu Polshada ishlab chiqarilgan Warmate dronidir.Kecha kechqurun Ukraina harbiy kuchlari Energodarga, jumladan, shahar ma’muriyatiga 60 dan ortiq artilleriya zarbalarini berdi. Qurbonlar yo‘q.Avvalroq MAGATE missiyasi Kiyevdan ZAES tomon harakat qilgan edi. Delegatsiya “yadro xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi MAGATE kotibiyatining 15 nafarga yaqin xodimidan” iborat. Ularga BMT vakillaridan iborat guruh hamrohlik qilmoqda.Bir kun oldin Ukraina QK tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng, snarad yoqilg‘i saqlanadigan stansiya binosi tomini teshib o‘tdi. Shu bilan birga, BMT AESga kim zarba berganini bilmasligini aytdi. O‘z navbatida, Pentagon vakili aynan ukrainalik qo‘shinlar tomonidan o‘q uzganini inkor etmadi, balki buni javob zarbasi deb atadi.Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stantsiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga kshra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27058846_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_5435dd8601405e743fc675ac3c65c64c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya harbiylari zaes yaqinida ukraina dronini urib tushirdi
rossiya harbiylari zaes yaqinida ukraina dronini urib tushirdi
Rossiya harbiylari ZAES yaqinida Ukraina dronini urib tushirdi
16:03 31.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Rossiya harbiylari Zaporojye atom elektr stansiyasi yaqinida Ukraina dronini urib tushirdi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye atom elektr stansiyasi yaqinida Ukraina pilotsiz uchar apparatini urib tushirdi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
Dron parchalari stansiyaga kirish qismidagi yo‘l yoniga qulagan. Voqea joyiga yetib kelgan Rossiya harbiylari taxminlarga ko‘ra, bu Polshada ishlab chiqarilgan Warmate dronidir.
Kecha kechqurun Ukraina harbiy kuchlari Energodarga, jumladan, shahar ma’muriyatiga 60 dan ortiq artilleriya zarbalarini berdi. Qurbonlar yo‘q.
Avvalroq MAGATE missiyasi Kiyevdan ZAES tomon harakat qilgan edi. Delegatsiya “yadro xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi MAGATE kotibiyatining 15 nafarga yaqin xodimidan” iborat. Ularga BMT vakillaridan iborat guruh hamrohlik qilmoqda.
Bir kun oldin Ukraina QK tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng, snarad yoqilg‘i saqlanadigan stansiya binosi tomini teshib o‘tdi. Shu bilan birga, BMT AESga kim zarba berganini bilmasligini aytdi. O‘z navbatida, Pentagon vakili aynan ukrainalik qo‘shinlar tomonidan o‘q uzganini inkor etmadi, balki buni javob zarbasi deb atadi.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stantsiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga kshra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.