https://oz.sputniknews.uz/20220831/magate-vakillari-kievdan-zaporojega-jonab-ketdi-27633581.html
MAGATE vakillari Kiyevdan Zaporojyega jo‘nab ketdi
MAGATE vakillari Kiyevdan Zaporojyega jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Missiya tarkibiga MAGATE kotibiyatining xavfsizlik choralari va yadro xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘nga yaqin xodimlari kiradi. 31.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-31T10:55+0500
2022-08-31T10:55+0500
2022-08-31T10:55+0500
dunyoda
zaporojye viloyati
aes
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26903313_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1b3582ede75aff09d5fa993264daf893.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. MAGATE missiyasi Kiyevdan Zaporojye atom elektr stansiyasi tomon harakatlandi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.MAGATE missiyasi belgilangan manzilga qachon yetib borishni rejalashtirayotgani noma’lum.Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, missiya tarkibiga MAGATE kotibiyatining xavfsizlik choralari va yadro xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘nga yaqin xodimlari kiradi. Ularga logistika va xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi BMT xodimlarining katta guruhi hamrohlik qilmoqda.Avvalroq OAV Zaporojye atom elektr stansiyasida MAGATE tekshiruvi 31-avgustda boshlanib, 3-sentabrgacha davom etishi haqida xabar bergan edi.Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida Energodar yaqinida joylashgan. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanganidek, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26903313_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_38cc21d4d126288d88867297128d9a68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, zaporojye viloyati, aes, bmt
dunyoda, zaporojye viloyati, aes, bmt
MAGATE vakillari Kiyevdan Zaporojyega jo‘nab ketdi
Missiya tarkibiga MAGATE kotibiyatining xavfsizlik choralari va yadro xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘nga yaqin xodimlari kiradi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. MAGATE missiyasi Kiyevdan Zaporojye atom elektr stansiyasi tomon harakatlandi. Bu haqda “Reuters” agentligi
yozmoqda. “MAGATE karvoni chorshanba kuni ertalab Kiyevdan ZAES yo‘nalishida jo‘nab ketdi”, deyiladi agentlik xabarida.
MAGATE missiyasi belgilangan manzilga qachon yetib borishni rejalashtirayotgani noma’lum.
Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, missiya tarkibiga MAGATE kotibiyatining xavfsizlik choralari va yadro xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘nga yaqin xodimlari kiradi. Ularga logistika va xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi BMT xodimlarining katta guruhi hamrohlik qilmoqda.
Avvalroq OAV Zaporojye atom elektr stansiyasida MAGATE tekshiruvi 31-avgustda boshlanib, 3-sentabrgacha davom etishi haqida xabar bergan edi.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida Energodar yaqinida joylashgan. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanganidek, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.