https://oz.sputniknews.uz/20220831/kuzda-koronavirus-yanada-avj-olishi-27643096.html
Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda - JSST
Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda - JSST
Sputnik O‘zbekiston
Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda - JSST
2022-08-31T14:55+0500
2022-08-31T14:55+0500
2022-08-31T14:55+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0f/26227328_0:170:3037:1878_1920x0_80_0_0_7598c4ff56471e262efecd6ea8eb060a.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, dunyo epidemiologlari ushbu faslda koronavirus yanada tez sur’atlarda tarqalishi mumkin, degan xulosada.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy burosi rahbari Xans Klyugening ma’lum qilishicha, bu davrda kasallanishlar soni keskin o‘sishi kutilmoqda.Xans Klyugening so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan davrda koronavirusga qarshi kurash borasida katta natijalarga erishilganiga qaramasdan hali infeksiya keng tarqalishda davom etmoqda.Shifoxonalarga hamon bu kasallikka chalingan bemorlar yotqizilmoqda va hanuz juda ko‘p o‘lim holatlari kuzatilmoqda.O‘tgan haftaning o‘zida Yevropa mintaqasida 3 ming nafarga yaqin kishi mazkur xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu dunyo bo‘yicha 22-28 avgust kunlari koronavirusdan vafot etganlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi.Hozirda jahondagi ko‘plab mamlakatlar emlash jarayonini uzluksiz davom ettirmoqda.Ta’kidlanishicha, Yevropada hali vaksina olmagan millionlab kishilar bor.JSST vakili odamlarning emlanishi uchun zarur choralarni topish va bu mavsumda gripp epidemiyasiga qarshi vaksinalarni ham qo‘llashga alohida ehtibor qaratish zarurligini qayd etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0f/26227328_152:0:2883:2048_1920x0_80_0_0_b9616d2ef5eae5adc321686c083f12f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda - jsst
kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda - jsst
Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda - JSST
O‘tgan davrda koronavirusga qarshi kurashish borasida katta natijalarga erishilganiga qaramasdan hali infeksiya keng tarqalishda davom etmoqda.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar
berdi. Qayd etilishicha, dunyo epidemiologlari ushbu faslda koronavirus yanada tez sur’atlarda tarqalishi mumkin, degan xulosada.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy burosi rahbari Xans Klyugening ma’lum qilishicha, bu davrda kasallanishlar soni keskin o‘sishi kutilmoqda.
“Yevropa mintaqasida pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19ni yuqtirgan bemorlar soni bir necha hafta o‘tib 250 million nafarga yetadi”, deydi u.
Xans Klyugening so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan davrda koronavirusga qarshi kurash borasida katta natijalarga erishilganiga qaramasdan hali infeksiya keng tarqalishda davom etmoqda.
Shifoxonalarga hamon bu kasallikka chalingan bemorlar yotqizilmoqda va hanuz juda ko‘p o‘lim holatlari kuzatilmoqda.
O‘tgan haftaning o‘zida Yevropa mintaqasida 3 ming nafarga yaqin kishi mazkur xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu dunyo bo‘yicha 22-28 avgust kunlari koronavirusdan vafot etganlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Hozirda jahondagi ko‘plab mamlakatlar emlash jarayonini uzluksiz davom ettirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Yevropada hali vaksina olmagan millionlab kishilar bor.
JSST vakili odamlarning emlanishi uchun zarur choralarni topish va bu mavsumda gripp epidemiyasiga qarshi vaksinalarni ham qo‘llashga alohida ehtibor qaratish zarurligini qayd etdi.