Bayram kunlari aholiga elektr va gaz yetkazilishi nazoratga olinadi – Energetika vazirligi

© AP Photo / Sergei GritsRabochiy na gazokompressornoy stansii na uchastke gazoprovoda «Yamal–Evropa”
Rabochiy na gazokompressornoy stansii na uchastke gazoprovoda «Yamal–Evropa” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bayramini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida elektr stansiyalar, neft va gaz obyektlarining shtat rejimida ishlashi ta’minlanadi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bayram kunlari iste’molchilarga energiya resurslari barqaror yetkazib beriladi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari O‘zbekiston mustaqilligining 31-yillik bayramini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash choralarini ko‘rdi.
Unga ko‘ra, elektr stansiyalar, neft va gaz obyektlarining shtat rejimida ishlashi ta’minlanadi.
Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab 227 ta navbatchilik brigadasii tashkil etiladi.
Shuningdek, iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida 244 ta navbatchilik brigadasii o‘z faoliyatini olib boradi.
Qolaversa, bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylardagi elektr va gaz ta’minotining uzluksizligi nazoratga olindi.
Elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki telegramdagi (@HET_admin) adminstratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 11-04 qisqa raqamiga murojaat etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0