Zaporojyeda 8 mingdan ortiq odam Rossiya fuqaroligini oldi

© Sputnik / Maksim BlinovSotrudnik PFR derjit v rukax pasport RF.
Sotrudnik PFR derjit v rukax pasport RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Ozod qilingan hududlar aholisidan Rossiya fuqaroligini olish uchun 35 mingdan ortiq ariza topshirilgan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Zaporojye viloyatidagi 8 mingdan ortiq aholi Rossiya Federatsiyasining fuqarolik pasportlarini oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi RT.
“Zaporojye viloyatidagi ozod qilingan hududlarning 8 mingdan ortiq aholisi allaqachon Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi pasportini olgan”, - deyiladi xabarida.
Qayd etilishicha, ozod qilingan hududlar aholisidan Rossiya fuqaroligini olish uchun 35 mingdan ortiq ariza topshirilgan.
Zaporojye viloyati Ichki ishlar vazirligi huzurida Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qilish va pasport berish uchun hujjatlarni qabul qilish markazlari tashkil etilgan.
Idoralar 2022-yil may oyidan boshlab viloyatning barcha yirik shahar va tumanlarida faoliyat yuritmoqda.
Yangiliklar lentasi
0