Ukraina QK kelajagi: afg‘on uchuvchilari, slovak MiGlari va Polshaga qochish...

© AP Photo / Rahmat GulSamolet afganskix VVS
Samolet afganskix VVS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘onlashtirilgan Ukraina havo kuchlari bir hafta ichida "demilitarizatsiya" qilinishi yoki ukrain qo‘shinlarining Polshaga (Slovakiya, Vengriya, Ruminiya)ga qochishi bilan yakunlanishi muqarrar. Amerikalik va amerikaparast milliy armiyalarning Qobul va Saygondagi tanazzuli kabi.
Afg‘oniston tajribasi amerikalarga saboq bo‘lmadi. Vashingtonda bir necha dollar va texnologik jihatdan eskirgan qurollarni qo‘g‘irchoq Kiyev rejimiga yetkazib berish orqali Rossiya - dunyodagi birinchi yadro derjavasini mag‘lub etish mumkinligiga ishonishmoqda.
Ukraina Harbiy-Havo Kuchlarini qayta ta’minlash uchun AQSh Slovakiyadan kelgan eski MiG-29 reaktiv qiruvchi samolyotlari va turli mamlakatlarda uchratish mumkin bo‘lgan boshqa sovet davridagi samolyotlar uchun “turbovintli” afg‘on dizertir uchuvchilarini qayta tayyorlamoqda. AQShning bilvosita harbiy yordami Kiyev rejimining halokatini vaqtincha kechiktiradi, ammo maxsus harbiy operatsiyaning yakuniy natijasiga ta’sir qilmaydi.
Rossiya harbiy-diplomatik manbasining 29-avgust kuni jurnalistlarga xabar berishicha, Ukraina sobiq havo kuchlarining yozgi kvalifikatsiyalashgan tarkibi - MiG-29, Su-27 va Su-25 lar Rossiya Havo-Kosmik Kuchlari va Havoga qarshi mudofaa kuchlari vositalarining samarali harakatlari bilan deyarli yo‘q qilingan.
O‘tgan sutkada Zaporojsk viloyati va Donesk Xalq Respublikasida ikkita ukrain Su-25 shturmoviklari urib tushirildi. Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon 276 samolyot, 148 ta vertolot va 1832 uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilingan. Bu UQK ning 500 dan ortiq uchuvchilari halok bo‘lganini anglatadi.
Ularning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov harbiy institutining o‘qishi tugallanmagan kursantlarini jangga tashladi. Ularni birinchi, ikkinchi parvozdanoq (Gitlerugendning 17 yoshli o‘smirlari tarixini eslang) yo‘q qilishgan. Ukraina havo kuchlarining halokatli yo‘qotishlarini to‘ldirish uchun G‘arb mamlakatlari Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi sovet samolyotlari uchuvchilarini shartnoma bo‘yicha yollashga harakat qilishdi, biroq bu samarasiz bo‘ldi.
Bugun Pentagon Ukraina Qurolli Kuchlari uchun bir yil avval AQSh va boshqa mamlakatlarga qochib ketgan afg‘on uchuvchilarini to‘plamoqda. Ularni qayta o‘qitish Kaliforniyada boshlanadi. Ammo, afg‘on uchuvchilari Ukrainadagi harbiy teatrdagi vaziyatni aslo o‘zgartira olishmaydi.
Amerika standartlari bo‘yicha yaratilgan afg‘on armiyasi 2021-yil avgust oyida xuddi qumdan yasalgan uy kabi sochilib ketdi: afg‘on uchuvchilari jangovar mashinalarda toliblardan qo‘shni mamlakatlarga chiqib ketishdi. Ukraina himoyasi uchun Pentagonning bunday “mutaxassislar”ni jalb qilishini faqatgina alamzadalik yoki reallikdan uzoqlashish deb atash mumkin.
Afg‘onlar o‘z vatanlarida turbovintli EMB-312 Tucano (bitta propellerli) shturmoviklarida uchishgan. Bunday samolyot boshqargan uchuvchini MiG-29 yoki Su-25 reaktivlariga o‘tkazish juda murakkab, deyarli imkonsiz. Rossiya maxsus harbiy operatsiyalari zonalarida afg‘on “mutaxassislari” uzoq parvoz qila olishmaydi.

Reallikka qaytish

Braziliyaning yengil Tucano shturmoviklari mashg‘ulot mashinasi sifatida yaratilgan va politsiya (povstansiyaga qarshi) operatsiyalarda dushmanning havoga qarshi mudofaa qiruvchilarisiz yengil shturmovikdek foydalanilgan.
Tucanoning jangovar radiusi - 550 km, foydali yuklama- 1500 kg (pushka, pulemot, aviabombalar), kreyser tezligi- 500 km/soat. Afg‘on armiyasida qiruvchi aviatsiya bo‘lmagan. Taqqoslash uchun, MiG-29 ning yer sathidagi tezligi - 1500 km/soat, maksimali - 2450 km/soat.
Qiruvchi samolyotni boshqaradigan uchuvchi uchun boshqaruvning umuman boshqacha ko‘nikmalari kerak bo‘ladi. Ustiga - ustak, Ukraina MiG-29larining kompleks qurollanishi yaqinda Amerikaning radiolokatsion boshqaruvga qarshi, uzoqligi 48 kmgacha bo‘lgan AGM-88 HARM raketalari bilan integratsiyalashgan. Raketalarni boshqarish uchun elektronika hamda dushmanning havoga qarshi mudofaa vositasi yaqinlashganda mahorat bilan boshqaruvni talab qiladi. Afg‘onlarning toliblardan olgan tajribalari esa bunda naf keltirmaydi.
Amerikaning Air Force Magazine nashri yozishicha, sovet samolyotlaridan g‘arbda ishlab chiqarilganlariga o‘tish uchuvchilardan fikrlashni o‘zgartirish va boshqa taktikani o‘zlashtirishni talab qiladi. Bu oson emas. Ruminiya harbiy-havo kuchlari F-16 samolyotlariga o‘n yil avval o‘tishgan edi. Va uchuvchilari hamon talab qiladigan darajaga yetishgani yo‘q. Hamma narsani pulga sotib olib bo‘lmaydi. Rossiya maxsus operatsiyasi sharoitida Kiyevning mamlakat Qurolli kuchlarini qaytadan sozlashga aslo imkon yo‘q.
Slovakiya mudofaa vazirining xabar berishicha, qurollar safidan chiqarilgan MiG-29 avgust so‘nggida - sentabr boshida Ukrainaga yetkaziladi (sotiladi). Samolyotlar jo‘natish uchun tayyor bo‘lgan, faqat rasmiyatchiliklar qolgan. Yaqin vaqtda Ukraina qiruvchilar parki samolyotlarga to‘ladi. Biroq, pul va eskirgan metall o‘z-o‘zidan jang qila olmaydi, uchuvchilarsiz ucha olishmaydi ham.
Kiyevga 11 ta slovak MiG-29 qiruvchilarini yetkazish - yangi qurbonlik akti. Ukrainada bu mashinalar hech qayerga joylasha olmaydi, asosiy bazalar vayron qilingan, har bitta aerodrom Rossiya raketa komplekslarining ta’sir doirasida turibdi. O‘nta slovak MiG lar xorijiy ekipajlari bilan hafta mobaynida “demilitarizatsiya” qilinishi mumkin. Hattoki g‘arbiy Ukraina viloyatlarida yangi aerodrom jihozlashsa ham.
Roven viloyatida UKQ obyektlaridan portlash ovozlari tinmayotir. U yerga so‘nggi kunlarda NATO qurollari joylashtirilgan va Xarkov yaqinida hamda Slavan-Kramatorsk aglomeratsiyasi hududida o‘tkazish uchun jamlangan kuchlar jalb qilingan edi.
Qo‘shma Shtatlar va qariyb 50 ta boshqa mamlakatlar texnologik jihatgan eskirgan NATO qurollarini yetkazib Ukrainaga armiyani mustahkamlashda “yordam berishmoqda”. Shu bilan birgalikda Kiyev rejimiga Amerikaning F-16 qiruvchilarini yetkazib berish loyihasi Kongressda ovoz berish bekor qilinishi bilan qolib ketdi (loyiha ukrain uchuvchilari va texniklarini qayta o‘qitish uchun 100 mln ajratishni nazarda tutadi). Bundan tashqari, Vashington tomonidan nazorat qilinmagan, Yevropada harbiy kuchayish xavfi yuqoriligi va AQShning Shimoliy Amerika hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tahdidlar tufayli jarayon oldinga siljimayapti. “Qaror qabul qilish” markazlari Kiyevda emasligi hammaga kundek ravshan.
AQSh va NATOning harbiy yordami UQK vaqtinchalik halokatni oldini olishga yordam beradi biroq, maxsus operatsiya yakuniy natijalariga ta’sir qilmaydi. Ukraina havo kuchlarining malakali uchuvchilar tarkibi yo‘q qilingan. G‘arbda Kiyev rejimi uchun qurollar tugab bormoqda.
UQK ni “afg‘onlashtirish” vayrongarchilik va ukrain qo‘shinlarining Polshaga (Slovakiya, Vengriya, Ruminiya) ga qochishi bilan yakunlanishi muqarrar. Amerikalik va amerikaparast milliy armiyalarning Qobul va Saygondagi tanazzuli kabi.
Yangiliklar lentasi
0