Turizm va madaniy meros vazirligining vazifalari belgilandi
© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishLyudi na territorii kompleksa Shaxi Zinda v Samarkande.
© Sputnik / Sergey Patakov
/ Obuna bo‘lish
Vazirlik turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirishi va amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 25-avgustidagi qarori bilan Turizm va madaniy meros vazirligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, vazirlikning asosiy vazifalari:
turizm turlarini ko‘paytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketingini olib borish, mamlakatning turizm imijini yanada rivojlantirish, mamlakatimizning bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targ‘ib qilish;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan turizm obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish;
turizm va moddiy madaniy meros sohalari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, turizm faoliyati va moddiy madaniy meros subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish;
turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;
turizmning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish va boshqalar.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
• Vazirlikning maqomi, huquqlari va javobgarligi;
• funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibi;
• Vazirlikni moliyalashtirish tartibi;
• uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
• funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibi;
• Vazirlikni moliyalashtirish tartibi;
• uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
Mablag‘ va ta’minot:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Budjetdan tashqari Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanadi va O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi. Nizom jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va tushgan mablag‘larni vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash tartibini belgilaydi. Jamg‘arma mablag‘laridan Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalaniladi.
Turistik (mehmonxona) yig‘im joylashtirish vositalari tomonidan O‘zbekiston fuqarolaridan (16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari) BHMning 0,4 foizi miqdorida, xorijiy fuqarolardan – Nizomga ilovaga muvofiq miqdorlarda, ular yashagan har bir kun uchun undiriladi. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi.