https://oz.sputniknews.uz/20220830/prezident-uch-nafar-rossiya-fuqarosini-dostlik-ordeni-bilan-mukofotladi-27602639.html
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo... 30.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-30T08:25+0500
2022-08-30T08:25+0500
2023-04-05T18:39+0500
siyosat
mukofot
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/06/21669787_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1ac127554b71789adb75dd04666595dd.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik.O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh Rossiya fuqarolari "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqida 29-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda tutilgan.Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlandi. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ham bor."Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlanganlar:Mukofotga sazovor ko‘rilganlarning davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi inobatga olingan.Qolaversa, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlar orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/06/21669787_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bb179df994a8226dcb0ae3a71e9cf5f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, mukofot, rossiya
siyosat, mukofot, rossiya
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi
08:25 30.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Prezident O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik.O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh Rossiya fuqarolari "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqida 29-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda
tutilgan. Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlandi. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ham bor.
"Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlanganlar:
Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri;
Chernikova Alevtina Anatolyevna - Rossiya Federatsiyasining "MISiS" milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori;
Malishev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori;
Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi);
Mukofotga sazovor ko‘rilganlarning davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi inobatga olingan.
Qolaversa, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlar orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.