Italiyalik jurnalist Putinning “sirli g‘alabasi” sabablarini aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskyi / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin nablyudayet za demonstratsionnimi poletami pilotajnix grupp vo vremya posesheniya XIII Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2017 v podmoskovnom Jukovskom
Prezident Rossii Vladimir Putin nablyudayet za demonstratsionnimi poletami pilotajnix grupp vo vremya posesheniya XIII Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2017 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Jurnalistning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 16 baravarga oshgan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “sirli g‘alabasi” mamlakatda qishloq xo‘jaligini muvaffaqiyatli rivojlantirganida. Bu haqda Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasi yozmoqda.
Jurnalist Federiko Rampinining so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya qishloq xo‘jaligi baquvvat” va 2022-yilda mamlakat “dahshatli ssenariylarga” qaramay rekord darajadagi don eksportiga erishadi.
U AQSh fermerlari “sovet fuqarolari och qolishiga yo‘l qo‘yishmagani” zamonini ham yodga olgan.
“Hozir bu xotiralar uzoq o‘tmishda qoldi. Putin davrida Rossiyada qishloq xo‘jaligining hayratli ravishda qayta tiklanishi ro‘y berdi”, - deya qayd etgan Rampini.
Jurnalistning ta’kidlashicha, 2000-yildan 2018-yilgacha Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 16 baravarga oshgan, hozir Rossiya Amerikaga qaraganda bir necha baravar ko‘p don ishlab chiqaradi.
Rampini global isishning qishloq xo‘jaligiga ta’siriga to‘xtatalib, bunda ham Rossiya Kanada va Skandinaviya mamlakatlari bilan bir qatorda yutuqli holatda bo‘lishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi don eksportining 13-16 foizi Moskva nazorati ostida, 2022-yil oxiriga kelib esa Rossiya eksporti o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya dunyoda g‘alla eksportida birinchi o‘rinda ekanini qayd etgandi. 2022-yilda mamlakatda don hosili 130 million tonnaga yetishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0