https://oz.sputniknews.uz/20220830/garb-ideologiyasi-rossiya-realligi-bilan-duch-keldi-va-maglubiyatga-uchradi---iqtisodchi-27614199.html
G‘arb mafkurasi Rossiya realligi bilan duch keldi va mag‘lubiyatga uchradi - iqtisodchi
G‘arb mafkurasi Rossiya realligi bilan duch keldi va mag‘lubiyatga uchradi - iqtisodchi
Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik iqtisodchi G‘arb ideologiyasi qanday qilib Rossiya realligi bilan duch kelganini va mag‘lubiyatga uchraganini tushuntirib berdi. 30.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-30T16:14+0500
2022-08-30T16:14+0500
2023-04-05T18:39+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
g‘arb
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/16/27361081_0:146:3125:1904_1920x0_80_0_0_0010785da6c847eb84ae9e3cea1ea375.jpg
TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Moskvaga qarshi sanksiyalar butunlay barbod bo‘ldi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbdan ustun keldi, deb yozadi amerikalik iqtisodchi Jeyms Rikards The Daily Reckoning nashrida chop etilgan maqolasida. "Rossiyaga qarshi sanksiyalar butunlay barbod bo‘ldi. Cheklovlar uning Ukrainadagi maqsadlariga ta’sir qilmadi", - deydi nashr.“Germaniya kabi Yevropa davlatlari Rossiya energetikasiga shunchalik qaramki, ularsiz ular qattiq tanqislik va qattiq qishga duch kelishadi”, - deydi Rikards.Uning fikricha, reallik mafkura bilan to‘qnashganda, har safar reallik g‘alaba qozonadi, endi Berlin juda qiyin kunlarni boshdan kechiradi. Fojia shundaki, agar Qo‘shma Shtatlar va NATO Rossiyaga Ukraina hech qachon ittifoqqa taklif qilinmasligiga kafolat berganida, bularning barchasini oldini olish mumkin edi, deya xulosa qilinadi maqola.Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi, xususan, energiya resurslarini sotib olish bo‘yicha sanksiyalar joriy qila boshladi. Prezident Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/16/27361081_197:0:2928:2048_1920x0_80_0_0_47075b6b6b7012e0cb36db3cb6cb24f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, g‘arb, sanksiyalar, rossiya
ukraina, g‘arb, sanksiyalar, rossiya
G‘arb mafkurasi Rossiya realligi bilan duch keldi va mag‘lubiyatga uchradi - iqtisodchi
16:14 30.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Amerikalik iqtisodchi G‘arb ideologiyasi qanday qilib Rossiya realligi bilan duch kelganini va mag‘lubiyatga uchraganini tushuntirib berdi.
TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Moskvaga qarshi sanksiyalar butunlay barbod bo‘ldi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbdan ustun keldi, deb yozadi amerikalik iqtisodchi Jeyms Rikards The Daily Reckoning nashrida chop etilgan maqolasida.
"Rossiyaga qarshi sanksiyalar butunlay barbod bo‘ldi. Cheklovlar uning Ukrainadagi maqsadlariga ta’sir qilmadi", - deydi nashr.
Muallifga ko‘ra, sanksiyalar tashabbuskorlarining fikricha, rubl qulashi kerak edi, ammo buning o‘rniga u ancha mustahkamlandi. Bundan tashqari, Rossiyaning neft va tabiiy gaz eksportini boykot qilish ham ma’nosiz edi, chunki Moskva Pekin va Nyu-Dehliga yoqilg‘i sotishni boshladi, ayni paytda Yevropa energiya resurslarining keskin taqchilligiga duch keldi, deydi ekspert.
“Germaniya kabi Yevropa davlatlari Rossiya energetikasiga shunchalik qaramki, ularsiz ular qattiq tanqislik va qattiq qishga duch kelishadi”, - deydi Rikards.
Uning fikricha, reallik mafkura bilan to‘qnashganda, har safar reallik g‘alaba qozonadi, endi Berlin juda qiyin kunlarni boshdan kechiradi. Fojia shundaki, agar Qo‘shma Shtatlar va NATO Rossiyaga Ukraina hech qachon ittifoqqa taklif qilinmasligiga kafolat berganida, bularning barchasini oldini olish mumkin edi, deya xulosa qilinadi maqola.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi, xususan, energiya resurslarini sotib olish bo‘yicha sanksiyalar joriy qila boshladi. Prezident Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.