https://oz.sputniknews.uz/20220830/bayram-munosabati-bilan-pensiya-pullari-ertaroq-beriladi-27612990.html
Bayram munosabati bilan pensiya pullari ertaroq beriladi
Bayram munosabati bilan pensiya pullari ertaroq beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalari avgust oyida shakllantiriladi. 30.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-30T13:40+0500
2022-08-30T13:40+0500
2022-08-30T13:40+0500
jamiyat
pensiya
mustaqillikning 31-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177537_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a119f0ecb5182bf6654f20a305e01371.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan yuklab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, jamg‘arma pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘larni 2022-yil 1-sentabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi.Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentabr oyi uchun pensiya hamda nafaqalari 2022-yil 1-sentabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5-sentabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177537_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_b48480bdcdc5eb26da8127a95ef1529f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, pensiya, mustaqillikning 31-yilligi
jamiyat, pensiya, mustaqillikning 31-yilligi
Bayram munosabati bilan pensiya pullari ertaroq beriladi
Sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalari avgust oyida shakllantiriladi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan yuklab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati
xabar berdi. “Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalari avgust oyida shakllantiriladi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, jamg‘arma pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘larni 2022-yil 1-sentabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi.
Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentabr oyi uchun pensiya hamda nafaqalari 2022-yil 1-sentabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.
Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5-sentabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi:
1 sentabr, payshanba–O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2 sentabr, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
3 sentabr, shanba– odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
4 sentabr, yakshanba –odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.