Jamiyat

2024 yilda Xivaga tezyurar poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga koʻra, Xivaga tezyurar poyezd qatnovi 2024 yilda yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. 2024 yilda Xiva shahriga tezyurar poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda maʼlum qildi.
“Ochiq osmon ostidagi muzey” nomini olgan Xiva shahriga temir yoʻl yetib bordi va yangi vokzal ishga tushirildi. 2024 yilda esa tezyurar poyezdini Xivaga olib kelishni reja qilganmiz”, - deydi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevga koʻra, Urganch va Xiva shaharlari oʻrtasidagi avtomobil yoʻli boʻyida 100 dan ziyod zamonaviy servis obʼyektlari barpo etiladi.

“Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan Xiva shahrining 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinishi, bu sohadagi islohotlarimizning munosib eʼtirofi boʻldi. Boshlagan ishlarimizni izchil davomi sifatida, vohada mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun jozibador “Xorazm” turistik brendini yaratish boʻyicha aniq reja asosida ish olib borilmoqda”, - deydi prezident.

Qoʻshimcha qilinishicha, Xorazmga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini keskin oshirish uchun hududlar aro va xalqaro transport qatnovlarini kengaytirish maqsadida zarur infratuzilmalar yaratiladi.
Jumladan, yoʻlovchilar oqimi boʻyicha poytaxt aeroportidan keyingi oʻrinda turadigan Urganch xalqaro aeroporti kelgusi 2 yilda rekonstruktsiya qilinib, yirik turistik transport xabiga aylantiriladi.
Yangiliklar lentasi
0