Xonandalar va qo‘shiqlar: mualliflik huquqi qanday ta’minlanmoqda

© Unsplash / israel palacioMikrofon, illyustrativnoe foto
Mikrofon, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan mualliflik huquqlarini ta’minlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Matbuot va axborot bo‘limi boshlig‘i Abbosjon Ergashev Sputnik muxbiriga bu haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.
© UzbekkonsertSoveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav
Soveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Soveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav
O‘zbekiston Madaniyat vazirligida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi, San’atkorlar, ijodkor va ijrochilarning huquqlarini himoya qilish palatasi hamda estrada xonandalari ishtirokida mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
© UzbekkonsertSoveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav
Soveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Soveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi litsenziatlarga majburiyat sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda mualliflik huquqiga rioya qilish va mualliflik ajratmalarini o‘z vaqtida to‘lab borish to‘g‘risida hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga qat’iy rioya etish shartligi tushuntirilib kelinmoqda”, dedi "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi Matbuot va axborot bo‘limi boshlig‘i Abbosjon Ergashev.
© UzbekkonsertSoveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav
Soveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Soveshanie po voprosam obespecheniya avtorskix prav
Yig‘ilishda mualliflik huquqini himoya qilish, uni tartib-tamoyillari, amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Ba’zi san’atkorlar Farxod Sulaymonov va Shirin Zoitova tomonidan shoir B.Bobomurod bilan mualliflik huquqi buzilishi, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari buzib kuylagan S.Javberdiyev, (Sanjey), U.Xodjayeva tomonidan shoir U.Azim she’ridan ruxsatsiz foydalanishi holati, Bobomurod Hamdamovning qo‘shiqlaridan shogirdlari U.Quvvatov, O.Quvvatovlar tomonidan ruxsatsiz foydalanishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar asosida ushbu san’atkorlar bilan mualliflik huquqiga rioya qilish va huquqbuzarlikning oldini olish borasida suhbatlar o‘tkazildi.
2022 yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekiston xalq artisti, Navoiy mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanishi yuzasidan Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rasmiy saytlarida e’lon qilindi.

“Kelgusida madaniyat va san’at vakillariga munosib ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratish, ularning mualliflik huquqlariga oid bilimlarni tarqatish, joylarda asarlar va ijrolardan foydalanishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, davlatimizning sohada olib borayotgan islohotlariga ko‘maklashish haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi”, - dedi mutaxassis.

Ta’lim muassasalarida sohaga oid fanlarni o‘qitish, mualliflik huquqi sohasida respublika zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashish, mualliflar hamda ijrochilarga hurmat ko‘rsatish va ularning huquqlari buzilishi oldini olishda va san’at sohasida mualliflar va ijrochilar hamda boshqa huquq egalarining mualliflik va ijrochilik huquqlarini ta’minlash, sohada bozor qonuniyatlarini keng joriy etish va shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlik ishlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0