https://oz.sputniknews.uz/20220829/tojikiston-statistika-agentligi-ozbekiston-tajribasini-organmoqda-27592217.html
Tojikiston statistika agentligi O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda
Tojikiston statistika agentligi O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston statistika agentligi delegatsiyasi Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi. 29.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-29T19:20+0500
2022-08-29T19:20+0500
2022-08-29T19:20+0500
siyosat
tojikiston
o‘zbekiston
davlat statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1d/27592064_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_eb61f7d95b8c54442d763dd9e15f93bf.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Tojikiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi statistika agentligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ma’lum qildi.9 nafar vakildan iborat qo‘shni mamlakat delegatsiyasi bir hafta mobaynida O‘zbekistonda bo‘lishdi. Tashrif chog‘ida ular Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.“Bu tashrifning asosiy maqsadi uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan aholi daromadlari tanlanma kuzatuvlari bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, ish jarayonida qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar, jumladan, aholini ro‘yxatga olishda planshetlar qo‘llanilayotgani biz uchun yangi tajriba bo‘ldi”, - dedi Tojikiston statistika agentligi bo‘lim boshlig‘i Voris Murodov.Delegatsiya a’zolariga “Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini o‘rganish va kambag‘allik monitoringini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ma’lumotlarni to‘plash dasturini yangilash, statistik ma’lumotlardan keng foydalanish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.Shuningdek, O‘zbekiston tajribasini o‘rganish maqsadida, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarida ham hududga chiqqan holatda bevosita jarayonlarda qatnashib, aholi va registratorlar bilan suhbat qilishdi.Tomonlar kelgusida hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1d/27592064_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_76a7696f0ef5b7157b834db7d543bd4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tojikiston, o‘zbekiston, davlat statistika qo‘mitasi
siyosat, tojikiston, o‘zbekiston, davlat statistika qo‘mitasi
Tojikiston statistika agentligi O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda
Tojikiston statistika agentligi delegatsiyasi Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Tojikiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi statistika agentligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda
Sputnik muxbiriga O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ma’lum qildi.
9 nafar vakildan iborat qo‘shni mamlakat delegatsiyasi bir hafta mobaynida O‘zbekistonda bo‘lishdi. Tashrif chog‘ida ular Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.
“Bu tashrifning asosiy maqsadi uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan aholi daromadlari tanlanma kuzatuvlari bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, ish jarayonida qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar, jumladan, aholini ro‘yxatga olishda planshetlar qo‘llanilayotgani biz uchun yangi tajriba bo‘ldi”, - dedi Tojikiston statistika agentligi bo‘lim boshlig‘i Voris Murodov.
Delegatsiya a’zolariga “Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini o‘rganish va kambag‘allik monitoringini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ma’lumotlarni to‘plash dasturini yangilash, statistik ma’lumotlardan keng foydalanish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tajribasini o‘rganish maqsadida, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarida ham hududga chiqqan holatda bevosita jarayonlarda qatnashib, aholi va registratorlar bilan suhbat qilishdi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.