Tadbirkorlar muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi

© PixabayPredprinimateli, illyustrativnoe foto
Predprinimateli, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan “Ochiq muloqot”ga qanday tayyogarlik ko‘rildi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Bugun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 22-avgust kuni davlat rahbari va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ochiq muloqot” yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov, biznes-ombudsman Dilmurod Kosimov, SSP raisi birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, respublika OAV vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
“Ochiq muloqot”ga tayyorgarlik doirasida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar murojaatlarini to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha “Koll-markaz” hamda Respublika shtabini tashkil etdi. Shtab faoliyati davomida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, bugungi kunga qadar murojaatlarning 85 % ijobiy hal etildi.
Bu yilgi “Ochiq muloqot”ga tayyorgarlik butunlay boshqacha saviyada tashkil etildi. 17-18 avgust kunlari “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” 9 ta eng dolzarb masala bo‘yicha panel sessiyalari o‘tkazildi, unda 50 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbari, shuningdek, 15 nafar xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Interfaol shaklda markaziy va hududiy studiyalarda 3500 nafardan ortiq tadbirkor ham ishtirok etdi. 531 nafar tadbirkor o‘z muammolarini bildirish imkoniga ega bo‘lib, ularning 60 %dan ortig‘i bevosita sessiyalar davomida hal etildi, qolganlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Shuningdek, “Ochiq muloqot” doirasida davlat rahbari tashabbusi bilan 5 nafar tadbirkor “Mehnat shuhrati” ordeni, 11 nafar tadbirkor “Do‘stlik” ordeni, 13 nafar tadbirkor “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilib, 100 nafar eng yaxshi tadbirkorlar taqdirlandi hamda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi.
Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar davlat rahbari tomonidan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ilgari surilgan 87 ta tashabbusga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar, so‘zga chiqqanlar ularga atroflicha javob oldilar.
Yangiliklar lentasi
0