Rossiyaning islom davlatlari bilan hamkorligi yuksalib bormoqda - Lavrov

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishOtkritie Kazanskogo globalnogo molodejnogo sammita
Otkritie Kazanskogo globalnogo molodejnogo sammita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Lavrov Rossiya islom davlatlari bilan hamkorlikni oshirishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yuksalib bormoqda, Rossiya ular bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaatlar asosida hamkorlikni kengaytirishga tayyor, dedi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozon global yoshlar sammiti ishtirokchilariga tabrigida.
Sammitning yalpi majlisidagi tabrikni Rossiya Tashqi ishlar vazirining musulmon davlatlari tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili, TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Konstantin Shuvalov o‘qib eshittirdi.
"Rossiya va IHT va unga a’zo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuksalib bormoqda. Biz ular bilan teng huquqlilik va ’zaro manfaatdorlik, madaniy va sivilizatsiyaviy o‘ziga xoslikni hurmat qilish hamda rivojlanish yo‘llarini mustaqil belgilash huquqi asosida hamkorlikni oshirishga tayyormiz", - deyilgan tabrik so‘zida.
Rossiya G‘arb tomonidan o‘zining soxta qadriyatlarini keng joriy etishini, zz suverenitetini himoya qiluvchi mamlakatlarni yakkalab qo‘yishga urinishlarini, ularga qarshi bloklar va ittifoqlar tuzishni qabul qilmaydi.
Lavrov Rossiyaning Qozon shahrining musulmon davlatlarida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan forum o‘tkazish uchun tanlanishi Rossiyaning IHTga a’zo davlatlar bilan aloqalari ko‘p qirrali ekanidan, bu hamkorlik xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.
27-30 avgust kunlari Qozon shahrida Qozon global yoshlar sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda IHTga a’zo davlatlar Yoshlar ishlari va sport vazirlari, Favqulodda va Muxtor elchilar, IHT davlatlarining Bosh konsullari, yoshlar tashkilotlari yetakchilari, yoshlar siyosati bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari, fikr yetakchilari, yosh tadbirkorlar va jamiyat vakillari ishtirok etmoqda. Sammitga Jazoir, Bangladesh, Benin, Misr, Indoneziya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Kamerun, Niger, Kanada, Bahrayn Qirolligi, Livan, Liviya, Malayziya, Marokash, BAA, Ummon , Pokiston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqalar - jami 50 mamlakatdan 300 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Yangiliklar lentasi
0