Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Marganes yaqinida “Aydar” va “Azov”* dala lagerlarini yakson qilishdi

© Sputnik / Ivan Rodionov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie vozdushno-desantnix voysk Voorujennix sil RF na pozitsiyax
Voyennoslujashie vozdushno-desantnix voysk Voorujennix sil RF na pozitsiyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya armiyasi bir sutkada Ukraina millatchi batalonlarining 130 nafardan ziyod jangarilarini yo‘q qildi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Dnepropetrovsk viloyatida bir sutkada Ukraina millatchi batalonlarining 130 nafardan ziyod jangarilari yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Yuqori aniqlikdagi qurol bilan Dnepropetrovsk viloyati Marganes aholi punkti hududida 180-hududiy mudofaa brigadasining vaqtincha joyi o‘q-dori ombori hamda millatchi “Aydar” va “Azov”* tuzilmalarining dala lagerlari tor-mor qilindi. 100 nafardan ziyod jangarilar, 20 tadan ortiq harbiy texnika va 3 mingdan ziyod zalp bilan o‘t ochuvchi tizimlarning reaktiv snaradlari yo‘q qilindi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘z xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Ittifoqchi kuchlar allaqachon Lugansk Xalq Respublikasi va Doneskning muhim qismini, jumladan, Volnovaxa, Mariupol va Svatogorskni to‘liq ozod qilgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0