Oksana Chusovitina o‘z libosini Lozannadagi Olimpiya muzeyiga taqdim etdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Oksana Chusovitina
Oksana Chusovitina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Gimnastika afsonasi sakkizinchi Olimpiadasidan so‘ng o‘z ekipirovkasini esdalik uchun muzeyga taqdim qildi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Oksana Chusovitinaning Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan ekipirovkasi Lozannadagi Olimpiya muzeyidan o‘rin oldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, Chusovitina sakkizinchi Olimpiadasidan so‘ng uni esdalik uchun muzeyga taqdim qilgan.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi Oksana Chusovitina
Oksana Chusovitina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Oksana Chusovitina
Ushbu muzeydan zamonaviy Olimpiya o‘yinlariga oid eng qimmatli ma’lumot va eksponatlar joy olgan bo‘lib, unga yiliga taxminan 250 ming nafar inson tashrif buyuradi.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8-marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0