Fuqarolar 90 ga yaqin madaniy boyliklarni davlat muzeylariga topshirishdi

© Akademiya Xudojestv UzbekistanaMuzey miniaturi Vostoka popolnilsya novoy kolleksiyey
Muzey miniaturi Vostoka popolnilsya novoy kolleksiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
"Milliy merosga mening hissam!" aksiyasi doirasida fuqarolardan tarixiy-madaniy ashyolar qabul qilib olinmoqda.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Fuqarolar o‘zlarida bo‘lgan madaniy boyliklarning 90 ga yaqinini davlat muzeylariga topshirishdi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolardan qabul qilib olingan ashyolar "Milliy merosga mening hissam!" aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
“Tashabbus aholi tomonidan iliq kutib olindi va 1-avgustdan to shu kungacha olib kelingan ashyolarga 25 ta qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, aksiya doirasida fuqarolarda bo‘lgan madaniy boyliklarni beg‘araz maqsadda topshirish ishlari O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyida ham tashkil etildi. Muzeyga 1-iyulidan shu kunga qadar jami 63 ta asar qabul qilib olingan.
Ma’lumot uchun, prezidentining PQ-261 sonli qaroriga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan umumxalq aksiyasini o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0