Boysunda xalqaro velo va yugurish marafoni o‘tkaziladi

Uchastniki zabega - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
30 avgust kuni Boysun tumanidagi Sayrob mahallasida sportning velo va yugurish turlari bo‘yicha xalqaro marafon o‘tkaziladi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Ertaga Surxondaryo viloyati Boysun tumanida xalqaro velo va yugurish marafoni o‘tkaziladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Boysun tumanidagi “Uzundara” arxeologiya yodgorligini yanada keng targ‘ib etish maqsadida 2022-yildan boshlab har uch yilda bir marotaba avgust oyining uchinchi haftasida “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafonini tashkil etish belgilangan.
Shunga muvofiq, 30-avgust kuni Boysun tumanidagi Sayrob mahallasida sportning velo va yugurish turlari bo‘yicha xalqaro marafon o‘tkaziladi.
Musobaqa g‘oliblari har bir tur bo‘yicha quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin – 1000 dollar; 2-o‘rin – 500 dollar; 2-o‘rin – 300 dollar.
Yangiliklar lentasi
0