Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgusta zalojil kapsulu v fundament gorodka Al-Xorezmi v gorode Urgenche.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgusta zalojil kapsulu v fundament gorodka Al-Xorezmi v gorode Urgenche. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur majmua Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod qilinadi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi poydevoriga kapsula qo‘ydi.
Qayd etilishicha, mazkur majmua Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod qilinadi.
"Samolyotdan tushgan har qanday odamning ko‘z o‘ngida avvalo mana shu go‘zal maskan namoyon bo‘ladi. Shaharcha markazida Xorazmiy bobomizning muazzam haykali o‘rnatiladi", deyiladi xabarda.
Majmuada Al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet barpo etiladi. Uning qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab quriladi.
Ularda o‘qigan yoshlar shaharchada bunyod etiladigan ilm-fan, innovatsiya va madaniyat markazlarida faoliyat ko‘rsatib, buyuk ajdodlarning an’analarini davom ettiradi.
Shuningdek, bu yerda texnopark va ofislar, tibbiyot, innovatsiya va madaniyat markazlari, xiyobonlar, maktab va bog‘chalar, sport majmualari, avtoturargoh, savdo va maishiy binolar bo‘ladi.
5 mingta xonadonli 104 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etiladi. Inshootlar “aqlli texnologiyalar” asosida jihozlanadi.
Yangiliklar lentasi
0