Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaga bir dollar ham bermasligimiz kerak – amerikalik kongressmen

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishFlagi SShA i Ukraini
Flagi SShA i Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainaga uch milliard u yoqda tursin, bir dollar ham yubormasligimiz kerak, deydi amerikalik kongressmen Den Bishop.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga bir dollar ham yubormasligi kerak, uning o‘rniga Vashington ichki muammolarga e’tibor qaratishi lozim. Bu haqda AQSh Respublikachilar partiyasi a’zosi Den Bishop “The American Conservative” nashriga bergan intervyusida ta’kidladi.
24 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden Ukrainaga eng katta harbiy yordam paketi – qariyb uch milliard dollar ajratilishini e’lon qilgan edi.
“Ukrainaga uch milliard u yoqda tursin, bir dollar ham yubormasligimiz kerak. Biz Yevropadagi har qanday ittifoqdoshimiz sarflashga tayyor bo‘lganidan ancha ko‘p mablag‘ sarfladik, biroq ayni paytda o‘z chegaramiz xavfsizligini ta’minlash uchun bu mablag‘ning kichik qismini ham yig‘a olmayapmiz”, - deydi kongressmen.
Unga ko‘ra, Kiyevning “uzluksiz” moliyalashtirilishi Baydenning “Amerikaning tugashi” siyosatining yorqin namunasidir.
Avvalroq Moskva Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini bildirgan. Vazirlikka ko‘ra, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda”.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yuborish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0