OTMlarda 2022/2023-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi – vazirlik

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida davlat OTMlarida barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, istisno tariqasida 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Bu talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda joriy etilgan.
Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
Talabalarni ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir yillik o‘qitish qiymatlari miqdorlari quyidagicha:
© Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari
Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari
© Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari
Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari
Yangiliklar lentasi
0