Putin AQShga qarshi kurashish uchun yangi ittifoqchi topdi – WSJ

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Irana Ebraxim Raisi, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Irana Ebraxim Raisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya va Eron o‘rtasidagi savdo hamda harbiy aloqalarning mustahkamlanishi AQShni xavotirga solmoqda, deydi jurnalist Benua Fokon.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika Qo‘shma Shtatlari va G‘arb sanksiyalari bosimiga qarshi turish uchun Eron bilan yaqinroq savdo va harbiy aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” sharhlovchisi Benua Fokon ma’lum qildi.
G‘arbning Rossiyani dunyoning qolgan qismidan ajratib qo‘yish istagi Kremlni ittifoqchilar bilan ishlash maydonlarini kengaytirishga undamoqda.
Muallifning qayd etishicha, Rossiya va Eron o‘rtasidagi savdo hamda harbiy aloqalarning mustahkamlanishi Qo‘shma Shtatlarni xavotirga solmoqda. Vashington bunday hamkorlik sanksiyalar oqibatlarini yumshatishga yordam berishiga ishonadi – Moskva va Tehron yangi bozorlarga ega bo‘ladi.
“Iyul oyida Eron Rossiya bug‘doyining dunyodagi eng yirik xaridoriga aylandi. O‘sha oyda Rossiya koinotga Eron sun’iy yo‘ldoshini uchirdi, bu Tehronning kosmik dasturi uchun yirik muvaffaqiyat”, - deb yozadi Fokon.
Bundan tashqari, u dronlar bilan birgalikdagi mashqlarga e’tibor qaratdi. Muallif ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasining o‘sishiga ham ishora qildi.
Ukrainada Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi: Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklovchi chora-tadbirlar paketini, jumladan ko‘mir va neftga embargo joriy qildi. Bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya va oziq-ovqat hamda yoqilg‘i narxlarining keskin oshishiga olib keldi.
Rossiya va Turkiya munosabatlari G‘arb g‘azabini qo‘zg‘atmoqda – NYT
Kreml G‘arbning harakatlarini iqtisodiy urush deb atadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. AQSh va Yevropaning asosiy maqsadi esa millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Putin AQShni uning o‘z usuli bilan mag‘lub etadi - “The National Interest”
Yangiliklar lentasi
0