https://oz.sputniknews.uz/20220828/ozbekiston-dzyudo-boyicha-kadetlar-ortasidagi-jchda-umumjamoa-hisobida-4-orinni-egalladi-27543763.html
O‘zbekiston dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi JChda umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi JChda umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
Bosniya va Gersegovinadagi dunyo birinchiligida O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi. 28.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-28T12:27+0500
2022-08-28T12:27+0500
2022-08-28T12:27+0500
sport
dzudo
jahon chempionati
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1c/27542241_92:32:1163:635_1920x0_80_0_0_787ea464ad216488a06f9b6e9e8fac91.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bosniya va Gersegovinada dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston dzudo federatsiyasi xabar qildi.Sarayevodagi musobaqalarning so‘nggi kunida Barchinoy Qodirova (-70 kg) finalda italiyalik raqibasini taslim etib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.Shuningdek, -90 kg vaznda Abbos Shermahmatov kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda imkoniyatni vengriyalik raqibiga boy berib qo‘ydi.Jahon chempionatida Alisher Samanov (-81 kg), Shohjahon Otaboyev (-66 kg) va So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi.Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg), Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) va Umidaxon Burxonjonova esa (-44 kg) bronza medalga ega chiqishdi.Bosniya va Gersegovinada 24-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 60 ta mamlakatdan bo‘lgan 400 nafardan ziyod dzudochilar medal uchun kurash olib borishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1c/27542241_21:41:1068:826_1920x0_80_0_0_fe1f2a1aed70e055ccfaaec3cc2142cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo, jahon chempionati, o‘zbekiston
sport, dzudo, jahon chempionati, o‘zbekiston
O‘zbekiston dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi JChda umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi
Bosniya va Gersegovinadagi dunyo birinchiligida O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bosniya va Gersegovinada dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston dzudo federatsiyasi
xabar qildi. Sarayevodagi musobaqalarning so‘nggi kunida Barchinoy Qodirova (-70 kg) finalda italiyalik raqibasini taslim etib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
“Bu bilan u Diyora Keldiyorovadan so‘ng kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlik dzudochimizga aylandi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, -90 kg vaznda Abbos Shermahmatov kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda imkoniyatni vengriyalik raqibiga boy berib qo‘ydi.
Jahon chempionatida Alisher Samanov (-81 kg), Shohjahon Otaboyev (-66 kg) va So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg), Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) va Umidaxon Burxonjonova esa (-44 kg) bronza medalga ega chiqishdi.
Bosniya va Gersegovinada 24-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 60 ta mamlakatdan bo‘lgan 400 nafardan ziyod dzudochilar medal uchun kurash olib borishdi.