https://oz.sputniknews.uz/20220828/britaniya-elektr-energiyasi-narxi-oshishi-sabab-yuzaga-keladigan-tartibsizliklarga-tayyorlanyapti-27543494.html
Britaniya elektr energiyasi narxi oshishi sabab yuzaga keladigan tartibsizliklarga tayyorlanyapti
Britaniya elektr energiyasi narxi oshishi sabab yuzaga keladigan tartibsizliklarga tayyorlanyapti
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat elektr energiyasining yuqori narxlari tartibsizliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi, deb yozadi “The Sun” gazetasi. 28.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-28T12:55+0500
2022-08-28T12:55+0500
2022-08-28T12:55+0500
dunyoda
buyuk britaniya
elektr energiyasi
sanksiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25891001_0:963:2048:2115_1920x0_80_0_0_95d35c4931fc02c4cd98e457deda82eb.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Buyuk Britaniya hukumati elektr energiyasi narxi oshishi fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda RIA Novosti Britaniyaning “The Sun” gazetasiga tayangan holda xabar berdi.Nashrga ko‘ra, rasmiylar elektr energiyasining rekord darajada yuqori narxlari qirollikda tartibsizliklarni yuzaga keltirishi va jinoyatchilikning ko‘payishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.Britaniya Milliy statistika burosi ma’lumotlarida keltirilishicha, mamlakat iyun oyida joriy etilgan sanksiyalar tufayli 1997-yildan beri ilk marta Rossiya energiya tashuvchilarisiz qolgan. 2021-yilda Rossiya Buyuk Britaniyaga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan.Juma kuni Buyuk Britaniyaning gaz va elektr bozorlari boshqarmasi elektr energiyasi narxi 1-oktabrdan 80 foizga oshib, yiliga 3,549 funt sterling (4,200 dollar)ni tashkil qilishini e’lon qildi. Ushbu o‘sish natijasida har bir britaniyalik xonadon uchun o‘rtacha hisob hajmi hozirgi darajaga nisbatan yiliga 1,578 funt sterlingdan (1,86 ming dollar) oshadi. So‘nggi marta regulyator narxlarni apreloyida ko‘rib chiqqan, o‘shanda ular darhol 54 foizga oshib, yiliga 1971 funt sterlingga (2,33 ming dollar) ko‘tarilgan.Mart oyida Londonda joylashgan Iqtisodiyot va biznes tadqiqotlari markazi Buyuk Britaniya 1950-yillardan beri turmush darajasining eng yomon pasayishiga duchor bo‘lish xavfi borligi haqida ogohlantiruvchi hisobot e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida mamlakatda inflyatsiya o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga oshgan. Angliya bankining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, kuzda mamlakatda inflyatsiya darajasi 13 foizdan oshishi mumkin.Avvalroq, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha taniqli ekspert Martin Lyuis fuqarolarga davlat tomonidan mazmunli yordam ko‘rsatilmasa, yaqin oylarda mamlakat “ijtimoiy falokat”ga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiya Federatsiyasiga, xususan, Rossiya energiya resurslariga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25891001_0:771:2048:2307_1920x0_80_0_0_b4b980d2434ec547fa7cc0d86066647b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, buyuk britaniya, elektr energiyasi, sanksiyalar
dunyoda, buyuk britaniya, elektr energiyasi, sanksiyalar
Britaniya elektr energiyasi narxi oshishi sabab yuzaga keladigan tartibsizliklarga tayyorlanyapti
Hukumat elektr energiyasining yuqori narxlari tartibsizliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi, deb yozadi “The Sun” gazetasi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Buyuk Britaniya hukumati elektr energiyasi narxi oshishi fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda RIA Novosti Britaniyaning “The Sun” gazetasiga tayangan holda
xabar berdi. Nashrga ko‘ra, rasmiylar elektr energiyasining rekord darajada yuqori narxlari qirollikda tartibsizliklarni yuzaga keltirishi va jinoyatchilikning ko‘payishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.
“Hukumat amaldorlari elektr energiyasi uchun to‘lov narxlari oshirilganda sodir bo‘ladigan tartibsizliklarni bartaraf etish rejalarini ishlab chiqishgan”, - deyiladi xabarda.
Britaniya Milliy statistika burosi ma’lumotlarida keltirilishicha, mamlakat iyun oyida joriy etilgan sanksiyalar tufayli 1997-yildan beri ilk marta Rossiya energiya tashuvchilarisiz qolgan. 2021-yilda Rossiya Buyuk Britaniyaga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan.
Juma kuni Buyuk Britaniyaning gaz va elektr bozorlari boshqarmasi elektr energiyasi narxi 1-oktabrdan 80 foizga oshib, yiliga 3,549 funt sterling (4,200 dollar)ni tashkil qilishini e’lon qildi. Ushbu o‘sish natijasida har bir britaniyalik xonadon uchun o‘rtacha hisob hajmi hozirgi darajaga nisbatan yiliga 1,578 funt sterlingdan (1,86 ming dollar) oshadi. So‘nggi marta regulyator narxlarni apreloyida ko‘rib chiqqan, o‘shanda ular darhol 54 foizga oshib, yiliga 1971 funt sterlingga (2,33 ming dollar) ko‘tarilgan.
Mart oyida Londonda joylashgan Iqtisodiyot va biznes tadqiqotlari markazi Buyuk Britaniya 1950-yillardan beri turmush darajasining eng yomon pasayishiga duchor bo‘lish xavfi borligi haqida ogohlantiruvchi hisobot e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida mamlakatda inflyatsiya o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga oshgan. Angliya bankining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, kuzda mamlakatda inflyatsiya darajasi 13 foizdan oshishi mumkin.
Avvalroq, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha taniqli ekspert Martin Lyuis fuqarolarga davlat tomonidan mazmunli yordam ko‘rsatilmasa, yaqin oylarda mamlakat “ijtimoiy falokat”ga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiya Federatsiyasiga, xususan, Rossiya energiya resurslariga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.