ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKonkurs "Master-orujeynik"
Konkurs Master-orujeynik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik harbiylar bu yilgi xalqaro armiya o‘yinlarida 7 ta oltin, 10 ta kumush, 5 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. ArMI-2022 VIII Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik harbiylar bu yilgi xalqaro armiya o‘yinlarining 21 ta yo‘nalishida ishtirok etishdi va yettita oltin, o‘nta kumush va beshta bronza medalga sazovor bo‘lishdi. Bundan tashqari, 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord o‘rnatildi.
Rossiya ArMI-2022 da birinchi o‘rinni egalladi, kuchli uchlikka Belarus jamoasi yakun yasadi.
VIII Xalqaro armiya o‘yinlari 2022-yil 13 - 27-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Ularda 37 mamlakatdan 275 ta harbiylar jamoasi ishtirok etdi. O‘yinlar 12 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham o‘zbekistonlik harbiylar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida rossiyaliklardan keyin faxrli 2-o‘rinni egallashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0