Moskva viloyatida ArMI-2022 yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi - video

Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi "Patriot" kongress-ko‘rgazma markazida "ArMI—2022" Xalqaro armiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda musobaqalarda qatnashgan mamlakat jamoalar va Mudofaa vazirliklari rahbariyati vakillari ishtirok etishdi.
ArMI-2022 VIII Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik harbiylar bu yilgi xalqaro armiya o‘yinlarining 21 ta yo‘nalishida ishtirok etishdi va yettita oltin, o‘nta kumush va beshta bronza medalga sazovor bo‘lishdi. Bundan tashqari, 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord o‘rnatildi.
Rossiya ArMI-2022 da birinchi o‘rinni egalladi, kuchli uchlikka Belarus jamoasi yakun yasadi.
VIII Xalqaro armiya o‘yinlari 2022-yil 13 - 27-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Ularda 37 mamlakatdan 275 ta harbiylar jamoasi ishtirok etdi. O‘yinlar 12 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0