Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Zaporojye AESini bir kunda 3-marta o‘qqa tutdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2022
Obuna bo‘lish
Ayni damda atom elektr stansiyalarida radiatsiyaviy holat normalligicha qolmoqda.
TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Zaporojye atom elektr stansiyasini bir kunda uch marta o‘qqa tutdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
AES hududiga jami 17 ta snarad otilgan, ulardan 4 tasi 168ta Amerika yadro yoqilg‘isi jamlanmasi saqlanayotgan 1-maxsus binoning tomiga tushgan. Yana 10ta snarad ishlatilgan yadro yoqilg‘isi omboridan 30 metr uzoqlikda, 3tasi - yangi yadro yoqilg‘isini saqlash va qattiq radioaktiv chiqindilarni saqlash bo‘limi joylashgan 2- maxsus bino hududida portladi.
Ayni damda atom elektr stansiyalarida radiatsiyaviy holat normalligicha qolmoqda, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ZAESning 5 va 6chi quvvat bloklari elektr energiyasini Dneprning ikkala tomoniga - ham ozod qilingan hududlarga, ham Kiyev nazorati ostidagi hududlarga yetkazib bermoqda, - deb tasdiqladi Zaporojye viloyati ma’muriyati vakili Rogov.
Eslatib o‘tamiz, kelgusi haftada Zaporojye AESga MAGATE va Fransiya hukumati komisiiyasi tashrif buyurishi kutilmoqda. Rossiya BMT va MAGATE vakillaridan iborat komissiyani ZAES hududiga bir necha bor taklif qilidi. Kiyev tomon ushbu tashrifga imkon qadar qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.
Ukraina rasmiylari Rossiyani AES hududida "harbiy qo‘shirlar va o‘q-dori joylashtirishda va bu AESga xavf tug‘dirayotgani" haqida uydirmalarni tarqatmoqda. Bir vaqtning o‘zida Kiyev rejimi AESning sovutish va rezerv energiya bilan ta’minlaydigan tizimlariga muntazam ravishda zarba bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0