https://oz.sputniknews.uz/20220827/rossiya-tort-vaziyatda-yadro-qurolidan-foydalanishi-mumkin--medvedev-27529084.html
Rossiya to‘rt vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkin – Medvedev
Rossiya to‘rt vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkin – Medvedev
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yadro qurolidan faqat jiddiy tahdid paydo bo‘lganda foydalanadi. Qanday tahdidlar jiddiy deb hisoblanishi Rossiya harbiy doktrinadasida ochiq-oydin... 27.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-27T14:55+0500
2022-08-27T14:55+0500
2022-08-27T14:55+0500
rossiya
yadro quroli
dmitriy medvedev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0f/24563525_0:0:3223:1813_1920x0_80_0_0_a7bfd1d398af4cd5c6b4b5aab34f3b66.jpg
TOShKEN, 27 avg – Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida Rossiya qanday vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tdi.Jurnalistning Rossiya harbiy doktrinasi xavf tug‘ilganda taktik yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutadimi, degan savoliga Medvedev Rossiya harbiy doktrinasi ochiq hujjat ekanini va unda "Yadroviy ushlab turishga bo‘yicha davlat siyosati asoslari" aniq ko‘rsatilganini aytb o‘tdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon taktik yadro quroli yoki uran qurollardan foydalanmagan, “So‘nggi 20-30 yil ichida ulardan Yugoslaviya va Iroqda ancha faol foydalangan NATO davlatlaridan farqli o‘laroq”. "Buning ayanchli oqibatlari bor, bu juda achinarli. Shunday ekan, avvalo G‘arb davlatlari muayan vaziyatlarda nima qilganiga nazar tashlash kerak", - dedi Medvedev.Uning ta’kidlashicha, Rossiya - ming yillik tarixga va dunyoda eng yirik yadro salohiyatiga ega bo‘lgan davlat, shuningdek BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi. Har qanday vaziyatla Rossiya o‘zini himoya qila oladi, deb ishonch bildirdi Medvedev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0f/24563525_384:0:3113:2047_1920x0_80_0_0_bd4f3d120b5a59aaf385579e75171059.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, yadro quroli, dmitriy medvedev
rossiya, yadro quroli, dmitriy medvedev
Rossiya to‘rt vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkin – Medvedev
Rossiya yadro qurolidan faqat jiddiy tahdid paydo bo‘lganda foydalanadi. Qanday tahdidlar jiddiy deb hisoblanishi Rossiya harbiy doktrinadasida ochiq-oydin ko‘rsatilgan.
TOShKEN, 27 avg – Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida Rossiya qanday vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Jurnalistning Rossiya harbiy doktrinasi xavf tug‘ilganda taktik yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutadimi, degan savoliga Medvedev Rossiya harbiy doktrinasi ochiq hujjat ekanini va unda "Yadroviy ushlab turishga bo‘yicha davlat siyosati asoslari" aniq ko‘rsatilganini aytb o‘tdi.
“U yerda, adashmasam, 19-bandda, yadroviy quroldan foydalanish mumkin bo‘lgan to‘rtta vaziyat sanab o‘tilgan. Fransiya jamoatchiligi qiziqayotgan bo‘lsa men ularni sanab o‘taman: yadroviy raketalarni uchirish, yadro qurolidan foydalanish, yadro qurolini nazorat qiluvchi muhim infratuzilma yoki davlatning mavjudligiga tahdid soladigan boshqa harakatlar. Hozircha bunday harakatlar kuzatilmagan”, - dedi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon taktik yadro quroli yoki uran qurollardan foydalanmagan, “So‘nggi 20-30 yil ichida ulardan Yugoslaviya va Iroqda ancha faol foydalangan NATO davlatlaridan farqli o‘laroq”. "Buning ayanchli oqibatlari bor, bu juda achinarli. Shunday ekan, avvalo G‘arb davlatlari muayan vaziyatlarda nima qilganiga nazar tashlash kerak", - dedi Medvedev.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya - ming yillik tarixga va dunyoda eng yirik yadro salohiyatiga ega bo‘lgan davlat, shuningdek BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi. Har qanday vaziyatla Rossiya o‘zini himoya qila oladi, deb ishonch bildirdi Medvedev.