Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun OTMlarda alohida kvotalar ajratiladi

© Unsplash / Dollar GillStudent za chteniyem knigi
Student za chteniyem knigi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezident Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berdi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun O‘zbekistondagi barcha OTMlarda alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan Jo‘qorgi Kengesning navbatdan tashqari 34-sessiyasida ma’lum qilindi.
Aytilishicha davlat rahbari nomzodning Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflaridan kelib chiqib, mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berdi.
Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7-yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish;
bo‘sh turgan davlat obyektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu obyektlarni tadbirkorlarga 5-yilgacha bepul foydalanishga berish;
Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta "Ishga marhamat" mono-markazlarini tashkil etish.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ham topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0