Prezident Qoraqalpog‘iston uchun alohida iqtisodiy imtiyozlarni e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Karakalpakstan
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Alohida iqtisodiy imtiyozlar to‘rt guruhga bo‘lingan: tadbirkorlik, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida ushbu hudud uchun belgilangan alohida imtiyozlar haqida e’lon qildi.
Iqtisodiy imtiyozlar quyidagi to‘rt guruhga bo‘lingan: tadbirkorlikni, sanoatni, qishloq xo‘jaligini ham infratuzilma loyihalarini rivojlantirish.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:

Qoraqalpog‘iston uchun foyda solig‘ini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;
aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;
mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini 2 baravarga kamaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard so‘mga qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m ajratiladi.

Sanoat loyihalarini ko‘paytirish maqsadida:

investorlarga ko‘mak markazini tashkil etish, unda tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit vakompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga ko‘maklashish bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatish;
investorlarga ko‘mak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yermaydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;
Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;
Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga besh yil muddatga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomasholarni, mamlakatimiz bo‘ylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Infratuzilmani rivojlantirish maqsadida:

“G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l, Beruniy vaEllikqal’a tumanlaridan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishga 160 million dollar jalb etish;
ta’mirtalab bo‘lgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos vasuv stansiyalarini ta’mirlash;
Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish;
128 ta transformator, 7,5 mingta simog‘och ustunlarini almashtirish;
Qoraqalpog‘istonning har bir shahri va tumanida Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchastkalari tashkil etish, ularga yetarli shtat, zarur mablag‘ va texnikalar ajratish;
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘istonda xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida:

yil yakuniga qadar 6 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va g‘alla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish;
ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard so‘m va dehqonlarga 50 milliard so‘m ajratish;
suv ta’minotini yaxshilash maqsadida har bir quduqni burg‘ilash va ishga tushirish uchun 15 million so‘mgacha subsidiya ajratish va boshqa moliyaviy ko‘mak bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shavkat Mirziyoyeving Qoraqalpog‘istonga tashrifi davom etmoqda. Prezident Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasidan so‘ng Nukus shahri Amudaryo mahallasida nuroniylar va mahalla faollari bilan uchrashdi.
Yangiliklar lentasi
0