https://oz.sputniknews.uz/20220826/qaysi-kompaniyalar-moskvadagi-bolalar-tovarlari-korgazmasida-ishtirok-etadi-27508891.html
Qaysi kompaniyalar Moskvadagi bolalar tovarlari ko‘rgazmasida ishtirok etadi?
Qaysi kompaniyalar Moskvadagi bolalar tovarlari ko‘rgazmasida ishtirok etadi?
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rgazmada Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi. 26.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-26T21:30+0500
2022-08-26T21:30+0500
2022-08-26T21:30+0500
dunyoda
o‘zbekiston
moskva
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27459804_0:69:1339:822_1920x0_80_0_0_db6c6dfc3cdf3b73b5d0be1967b1b3c4.png
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Moskvada 27-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro bolalar tovarlari sanoati hamda bolalar va yoshlar modasiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekistonning 2 ta kompaniyasi ishtirok etishi kutilmoqda.“O‘zbekto‘qimachiliksanoati” uyushmasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston kompaniyalari ichida “Baht tekstil andijan” va “Beliy Slon” kompaniyalari o‘z ishtirokini tasdiqlagan.Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.Tadbirlar doirasida Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Belarus Respublikasi va Turkiyaning 200 ga yaqin brendlari tomonidan yuqori sifatli zamonaviy liboslar, oyoq kiyimlar, bolalar uchun aksessuarlar, noyob dizayn yechimlari, bo‘lg‘usi onalar uchun kiyimlar, matolar va aksessuarlarning yangi kolleksiyalari taqdim etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27459804_75:0:1262:890_1920x0_80_0_0_d9d61f988df467e6f6f938b6b2bbc590.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, moskva, ko‘rgazma
dunyoda, o‘zbekiston, moskva, ko‘rgazma
Qaysi kompaniyalar Moskvadagi bolalar tovarlari ko‘rgazmasida ishtirok etadi?
Ko‘rgazmada Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Moskvada 27-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro bolalar tovarlari sanoati hamda bolalar va yoshlar modasiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekistonning 2 ta kompaniyasi ishtirok etishi kutilmoqda.
“O‘zbekto‘qimachiliksanoati” uyushmasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston kompaniyalari ichida “Baht tekstil andijan” va “Beliy Slon” kompaniyalari o‘z ishtirokini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Belarus Respublikasi va Turkiyaning 200 ga yaqin brendlari tomonidan yuqori sifatli zamonaviy liboslar, oyoq kiyimlar, bolalar uchun aksessuarlar, noyob dizayn yechimlari, bo‘lg‘usi onalar uchun kiyimlar, matolar va aksessuarlarning yangi kolleksiyalari taqdim
etiladi.