O‘zbekistonda qaysi sohadan darhol daromad olish mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tish14-y god festivalya Xoli Mela v Moskve
14-y god festivalya Xoli Mela v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatda investitsiyalar kiritish uchun eng jozibador yo‘nalishlar aniqlandi - tafsilotlar.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekistonda investitsiyalar kiritish uchun eng jozibador yo‘nalishlar to‘qimachilik, kiyim-kechak, oziq-ovqat va elektr jihozlarini ishlab chiqarish sanoati ekanligi aniqlandi. Bu haqida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ikkita sanoat guruhi shakllantirildi.
Birinchi guruhga xalqaro savdoda qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan va investitsiyalardan darhol daromad olishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar majmui kiritildi.
To‘qimachilik sanoati (paxta tolasi,paxta iplari, paxta matolari);
Kiyim-kechak ishlab chiqarish (trikotaj yoki to‘qima kiyimlar, trikotaj ichki kiyim);
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (sut va sut mahsulotlari, don konservalangan meva va sabzavotlar);
Elektr jihozlarini ishlab chiqarish (elektr taqsimlash kommutatorlari, transformatorlar).
Ikkinchi guruh rivojlanish potensialiga ega bo‘lgan, lekin investitsiyalardan ma’lum sharoitlarda daromad oladigan tarmoqlarni ifodalaydi.
Kimyo sanoati (azotli o‘g‘itlar (karbamid, ammiakli selitra) va kaliyli o‘g‘itlar);
Qora metallurgiya (ishlatishga tayyor prokat);
Qurilish materiallari ishlab chiqarish (sement,yig‘ma temirbeton konstruksiyalar).
Birinchi guruh tarmoqlari uchun ichki narxlarda hisoblangan QQning YaIMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan past. Birinchi guruh tarmoqlarining qiyosiy afzalliklari bir qator omillarga bog‘liq.
“Mehnat xarajatlari qo‘shilgan qiymat elementlaridan biridir. Shunga ko‘ra, yuqoridagi koyeffitsiyent qisman O‘zbekistonda ishchi kuchi boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada arzonligi bilan ham bog‘liq”, deyiladi xabarda.
Bundan kelib chiqadiki, ushbu tarmoqlarda mehnat xarajatlari ham raqobatdosh mamlakatlarga nisbatan past. Masalan, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida ish haqi shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan boshqa mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada past.
Ma’lumot uchun, so‘nggi besh yilda to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak eksporti qariyb ikki baravar, tayyor kiyim-kechak eksporti 3 baravar oshdi. Xuddi shu kabi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr jihozlar va ehtiyot qismlarga bo‘lgan tashqi talab 2,1 baravar ortib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0