O‘zbekiston harbiy kinologlari "ArMI-2022"ga qanday tayyorgarlik ko‘rishdi

Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
26 avgust kuni itga minnatdorlik kuni nishonlanadi.
O‘zbekiston ayollari terma jamoasi mana ikki yildirki sovrinli o‘rinlarini egallab kelmoqda.
Kinologlar xizmat itlari bilan qanday ishlashi haqida batafsil videolavhamizda.
Eslatib o‘tamiz, ArMI-2022 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasining “Itoat qilish” shartini O‘zbekiston vakillari kichik serjant Irodaxon Olimova "Gita" va kichik serjant Marjona Oqqo‘ziyeva "Brenda" laqabli xizmat itlari muvaffaqiyatli bajarishdi.
Xizmat itlari harbiy kinologlar bergan buyruqqa binoan o‘ngga, chapga burilish, ortga qaytish, harakat davomida darhol to‘xtash, yugurish, o‘tirish, yotish, o‘rnidan turish, yonma-yon harakatlanish, sekin yoki meyoriy qadam tashlash elementlarini bekam-ko‘st bajardi.
Juftliklarda bajarilgan ushbu shartda erkaklar jamoasidan kichik serjant Sodiq Dilmurodovning "Klif" hamda kichik serjant Zuhriddin Qo‘shoqovning "Best" laqabli xizmat itlari tengsiz natijalarni qayd etdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 9 daqiqa 13 soniya natija bilan birinchi, Rossiya jamoasi 13 daqiqa 46 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston harbiylari o‘z natijalari bilan 2021-yil Eronda o‘rnatilgan rekordni yangilashdi.
Yangiliklar lentasi
0