Ozarbayjon armiyasi Lochin shahriga joylashdi

© Sputnik / Ilham MustafaFlag Azerbaydjana
Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Lochinda yashovchi armanlarning iltimosiga ko‘ra, Ozarbayjon ularga avgust oyi oxirigacha shahar va qishloqlarni tark etish uchun muhlat bergan.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘dagi Lochin shahri Boku nazoratiga o‘tdi, Ozarbayjon armiyasi shaharda joylashgan. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Lochinda yashovchi armanlarning iltimosiga ko‘ra, Ozarbayjon ularga avgust oyi oxirigacha shahar va qishloqlarni tark etish uchun muhlat bergan.
“Bugun, 26-avgust kuni biz ozarbayjonlar Lochin shahriga qaytdik. Ozarbayjon armiyasi Lochin shahriga joylashdi. Zabux (armancha nomi Agavno — tahr.) va Sus qishloqlari nazorat ostiga olindi. Butun Lochin va Ozarbayjon xalqini ushbu voqea bilan tabriklayman”, deb yozdi Aliyev ijtimoiy tarmoqlarda.
Bir kun avval Armaniston hukumati rahbari o‘rinbosari Mger Grigoranning yordamchisi Ani Babayan RIA Novosti agentligiga 30-avgust kuni Moskvada Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiya vakillarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Sputnik Armaniston hukumat matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 31-avgust kuni Brusselda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev hamda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishelning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
2020 yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor urinishgan, biroq 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatib, asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan. Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0