Maymun chechagiga chalinish holatlari 21 %ga kamaydi - JSST

© Sputnik / Press-slujba nauchnogo sentra virusologii i biotexnologiy "Vektor" / Mediabankka o‘tishNauchniy sentr "Vektor" sozdal test-sistemi dlya viavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan
Nauchniy sentr Vektor sozdal test-sistemi dlya viavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Aprel oyidan shu kungacha mazkur infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 98 taga yetdi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Maymun chechagiga chalinish holatlari 21 %ga kamaydi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha maymun chechagini yuqtirganlar safiga yana 5907 nafar bemor qo‘yildi.
Aprel oyidan shu kungacha mazkur infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 98 taga yetdi. Kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlar soni esa 45 ming nafardan oshdi.
“Yangi epidemiya o‘tgan haftada Eron va Indoneziya davlatlariga ham kirib borgan. Shunga qaramay, 15-21 avgust sanalarida maymun chechagi bilan xastalanish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 21 foizga kamaydi”, deyiladi xabarda.
Tahlillarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirganlarning 98 foizdan ortig‘i erkaklar bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 36ga teng. Jami bemorlarning 60 foizi AQShda, 38 foizi Yevropa mamlakatlarida ro‘yxatga olingan.
Haftalik o‘sish dinamikasi asosan Afrika davlatlari, xususan, Nigeriya va Kongo aholisi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu qit’ada 15-21 avgust kunlari 219 nafar bemor kasallikka chalingan. Bu 8-14 avgust sanalariga qiyoslanganda 54 foiz yuqori ko‘rsatgichdir.
Qayd etilishicha, JSST birinchi navbatda xavf guruhiga mansub aholi qatlami hamda tibbiyot xodimlari chechakka qarshi emlanishi zarur.
Yangiliklar lentasi
0