Lukashenko Shols va Makron haqida: "Putin bilan suhbatlar orqali o‘zlarini piar qilishmoqda"

© AP Photo / Ludovic MarinVizit Makrona, Sholsa i Dragi v Kiyev.
Vizit Makrona, Sholsa i Dragi v Kiyev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Lukashenko: Shols hech narsani tushunmaydigan va siyosatni tushunishni istamaydigan yosh bola.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarini piar uchun ishlatayotgan yigitlar deb atadi.
Avvalroq Lukashenko Yevropada kuchli siyosatchilar qolmaganini ta’kidlagan edi. Xususan, u G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Sharl de Goll yoki Jak Shirak, Gelmut Kol yoki Angela Merkel kabi avvalgi format va miqyosdagi siyosatchilar yo‘qligini aytgan.

“Shols hech narsani tushunmaydigan va siyosatni tushunishni istamaydigan yosh bola”, dedi Lukashenko jurnalistlarga.

“Ikki davlat rahbari o‘rtasidagi bunday suhbatlar mutlaqo yopiq xarakterga ega”, deya davom etgan Belarus prezidenti.
Lukashenko, shuningdek, bir muddat avval Makron ham Putin bilan gaplashib, o‘zini “jurnalistlarga piar qilganini” eslatgan.
“Bu bolalarcha harakat, tushunyabsizmi? Churvaqalar. Bu mumkin emas, bunday bo‘lmaydi”, degan Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0