https://oz.sputniknews.uz/20220826/fxx-kurskda-ukraina-josusini-qolga-oldi-27492424.html
FXX Kurskda Ukraina josusini qo‘lga oldi
FXX Kurskda Ukraina josusini qo‘lga oldi
Sputnik O‘zbekiston
FXX Kurskda Ukraina josusini qo‘lga oldi
2022-08-26T14:33+0500
2022-08-26T14:33+0500
2022-08-26T14:33+0500
rossiya
josus
ukraina
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15550281_0:53:1619:964_1920x0_80_0_0_1f60e96d94beda38cdd182079c110886.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kurskda harbiy obyektlarda josuslik qilgan Ukraina razvedkasi agenti qo‘lga olindi, deb xabar berdi FXX.Videodagi erkak Qurolli Kuchlar zobitlari va ularning oila a’zolari haqida ma’lumotlar to‘plaganini, harbiy va “kichikroq” xodimlarni yollashga uringanini, hududda “yashirin joylarni” qo‘yganini tan oldi.Gumonlanuvchidan partizan urushi va qo‘poruvchilikka oid maxsus texnika va adabiyotlar olib qo‘yildi.Josuslik moddasi (Jinoyat kodeksining 276-moddasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqir va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning yakuniy maqsadi Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasi hududini va Doneskning muhim qismini, shu jumladan Volnovaxa, Mariupol va Svatogorsk, shuningdek, butun Xerson viloyati, Zaporojyening Azov hududi va Xarkovning bir qismi ozod qildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15550281_264:0:1619:1016_1920x0_80_0_0_fb8a6b88e88a09e7bb5e55fcfd985bc4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fxx kurskda ukraina josusini qo‘lga oldi
fxx kurskda ukraina josusini qo‘lga oldi
FXX Kurskda Ukraina josusini qo‘lga oldi
Kurskda harbiy obyektlarda josuslik qilgan Ukraina razvedkasi agenti qo‘lga olindi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kurskda harbiy obyektlarda josuslik qilgan Ukraina razvedkasi agenti qo‘lga olindi, deb xabar berdi FXX.
“Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi agenti bo‘lgan, vazirlik obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va uzatishga aloqadorlikda gumon qilingan Ukraina fuqarosi, Kursk shahrida istiqomat qiluvchi shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi”, — deyilgan bayonotda.
Videodagi erkak Qurolli Kuchlar zobitlari va ularning oila a’zolari haqida ma’lumotlar to‘plaganini, harbiy va “kichikroq” xodimlarni yollashga uringanini, hududda “yashirin joylarni” qo‘yganini tan oldi.
Gumonlanuvchidan partizan urushi va qo‘poruvchilikka oid maxsus texnika va adabiyotlar olib qo‘yildi.
Josuslik moddasi (Jinoyat kodeksining 276-moddasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqir va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning yakuniy maqsadi Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasi hududini va Doneskning muhim qismini, shu jumladan Volnovaxa, Mariupol va Svatogorsk, shuningdek, butun Xerson viloyati, Zaporojyening Azov hududi va Xarkovning bir qismi ozod qildi.