Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina QK Zaporojye AESga bir kunda 17-marta zarba berdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZdanie nasosnoy stansii, povrejdennoe v rezultate obstrela na territorii Zaporojskoy AES v Energodare.
Zdanie nasosnoy stansii, povrejdennoe v rezultate obstrela na territorii Zaporojskoy AES v Energodare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Kun davomida 29 ta o‘q otilgan. Ulardan to‘qqiztasi sanoat zonasida, 17 tasi AES hududida, yana uchtasi Kamenka-Dneprovskiy hududida qayd etilgan.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘tgan kun davomida Ukraina qo‘shinlari Energodar hududini qariyb 30-marta o‘qqa tutdi. Ushbu zarbalardan 17 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Zaporojye atom elektr stansiyasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda viloyat ma’muriyati rahbari Yevgeniy Baliskiy ma’lum qildi.
“Kun davomida 29 ta o‘q otish bo‘ldi, biz har birini qayd qilamiz. Ulardan to‘qqiztasi sanoat zonasida, 17 tasi AES hududida, yana uchtasi Kamenka-Dneprovskiy hududida qayd etilgan”, deya iqtibos keltiradi Baliskiy.
Viloyat ma’muriyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, undan bir kun avval 73 ta o‘q otilgan.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Ukraina harbiylari Energodarni, uning atrofidagi qishloqlarni va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Moskvaning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi tomonidan obyekt ustidan nazorat o‘rnatilishi o‘zini oqlaydi, chunki bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishini oldini oladi. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bir kun oldin tashkilot missiyasi Zaporojye AESga bir necha kun ichida tashrif buyurishi kerakligini aytdi va u delegatsiyaga shaxsan rahbarlik qilmoqchi.
Yangiliklar lentasi
0