https://oz.sputniknews.uz/20220825/toshkent-va-minsk-hamkorlikni-yanada-kengaytiradi-27480205.html
Toshkent va Minsk hamkorlikni yanada kengaytiradi
Toshkent va Minsk hamkorlikni yanada kengaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
"Agroekspress" loyihasi imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 25.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-25T19:53+0500
2022-08-25T19:53+0500
2022-08-25T19:53+0500
iqtisod
belarus
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27479887_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5453d9d7793ddb915e229a390b878c70.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Minsk shahrida Belarus bosh vazirining o‘rinbosari Leonid Zays bilan uchrashdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, unda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligining joriy holati muhokama qilindi.Tomonlar yetkazilayotgan tovarlar nomenklaturasini yanada kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida qo‘shma "Yo‘l xaritasi"ni imzolashga qaror qilishdi. Ikki mamlakat hududida savdo-logistika markazlarini, savdo uylari va ular qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan "shou-rum"larni tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishildi.Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Belarus kompaniyalariga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda belarus traktorlari, shuningdek, tijorat, yo‘l-qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyorlik bildirildi.Tomonlar tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun qo‘shma fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, shuningdek, "Agroekspress" loyihasining mavjud resurslari va imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.Muzokaralar yakunida o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.Avvalroq Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 million dollarga yetkazish kerakligini ta’kidlagandi.
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27479887_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6df2191995ae155c2c03c25a59f9fd07.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, belarus, o‘zbekiston
iqtisod, belarus, o‘zbekiston
Toshkent va Minsk hamkorlikni yanada kengaytiradi
"Agroekspress" loyihasi imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Minsk shahrida Belarus bosh vazirining o‘rinbosari Leonid Zays bilan uchrashdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
xabariga ko‘ra, unda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligining joriy holati muhokama qilindi.
Tomonlar yetkazilayotgan tovarlar nomenklaturasini yanada kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida qo‘shma "Yo‘l xaritasi"ni imzolashga qaror qilishdi. Ikki mamlakat hududida savdo-logistika markazlarini, savdo uylari va ular qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan "shou-rum"larni tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishildi.
Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Belarus kompaniyalariga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda belarus traktorlari, shuningdek, tijorat, yo‘l-qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyorlik bildirildi.
Tomonlar tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun qo‘shma fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, shuningdek, "Agroekspress" loyihasining mavjud resurslari va imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Muzokaralar yakunida o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Avvalroq Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 million dollarga yetkazish kerakligini
ta’kidlagandi.