Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT davlatlari mudofaa vazirlari dunyo tartibi kelajagini belgilashmoqda

© SputnikFlag ShOS
Flag ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
ShHT ning sakkizta a’zo, to‘rtta kuzatuvchi va oltita hamkor mamlakatlari muzokaralarda 3,6 mlrd odam manfaatlarini taqdim etishmoqda.
Bu dunyo aholisining deyarli yarmi degani. Va bugun ular Toshkentda dunyo tartibi kelajagi, jumladan, kollektiv G‘arb - AQSh va NATO ahamiyatini ham belgilashmoqda.
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 24-avgust kuni ShHT ga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar mudofaa vazirlari uchrashishmoqda. Shuningdek, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Belarus davlatlari harbiy delegatsiyalari ham ishtirok etishmoqda. Harbiy sohada o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro xavf-xatarlar, shuningdek, AQShning Rossiya va Xitoy chekkalaridagi vaziyatni beqarorlashtirish, Yevropa va Osiyoni “qo‘zg‘atish” amerikancha “o‘ziga xoslilik”ni saqlab qolish niyatida raqiblarni zaiflashtirishga urinishlari kabi masalalar muhokama qilindi.
ShHT mamlakatlari harbiy delegatsiyalari 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi doirasida tahdidlarni zararsizlantirish choralarini taklif qilishdi. Xalqaro qurolli terroristik guruhlarning faollashayotgani fonida ShHT davlatlari mudofaa vazirlari harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari, ko‘shinlarning o‘zaro hamkorligini ishlab chiqish uchun “Tinchlik missiyasi” qo‘shma ko‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari muhimligini ta’kidlashdi.
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamkasblariga “Tinchlik missiyasi-2023” Rossiya hududida bo‘lib o‘tishini, kuzda esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda KXShT manevrlar seriyalari bo‘lib o‘tishini eslatib o‘tdi.
Muzokaralar doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda. Masalan, Belarus va Hindiston mudofaa vazirlari Viktor Xrenin hamda Radjnatx Singxlar harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shanxay tashkiloti davlatlarining xavfsizligi ko‘p qirrali, ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro harakatni talab qiladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan sentabr oyida Samarqandda bo‘ladigan ShHT sammitini muhokama qilishdi.
Avvalroq, O‘zbekiston poytaxtida ShHT mamlakatlari Xavfsizlik kengashi kotiblarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda RF xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev hamkorlarga AQShning mintaqadagi “mashg‘ulotlari” “birinchi navbatda amerikaliklar uchun harbiy teatrlar salohiyatini o‘rganish, istiqbolli nishonlarning koordinatalarini aniqlashtirish va yuqori aniqlikdagi qurollar uchun raqamli xaritalarni to‘g‘rilash uchun kerak”ligini eslatib o‘tgan edi.

Rossiyaning pozitsiyalari

RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu tadbirda Shanxay tashkilotining yangi kuch markazi sifatidagi roli ortib borayotgani va “tenglik hamda o‘zaro hurmatga asoslangan davlatlararo munosabatlar modeli”ni qayd etdi. Aynan shuning uchun harbiy sohada hamkorlikni mustamhkamlash, xalqaro beqaror vaziyat fonida umumiy xavfsizlik bo‘yicha muntazam maslahatlashish muhim.
Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha har qanday xalqaro tashabbuslarni olqishlaydi, va shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘radi. Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda, (xalqaro terroristik tashkilotlar, narkotrafik, diniy radikalizm mafkurasi) RF mudofaa vazirligi Tojikiston, Qirg‘izistondagi bazalari hamda inqiroz holatlarida javob berish kuchlarining harbiy tayyorgarligini oshiradi. Iyun oyida Moskvada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya harbiy vazirlik rahbarlarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va uchrashuv afg‘on yo‘nalishidagi operativ vaziyatga bag‘ishlangan edi. Bugun Sergey Shoygu bunday uchrashuvlar ShHT maydonida ham bo‘lishi kerakligini aytdi.
Rossiya Federatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotining jangovar salohiyatini harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish orqali oshirishni taklif qilmoqda. ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirliklari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvi to‘g‘risida kelishuv loyihasi tayyorlandi. Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri qo‘shma mashg‘ulotlar amaliyotini o‘tkazish, noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashda ilg‘or tajriba almashishni faollashtirish muhimligini ta’kidladi. Ustuvor vazifalar – “uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurash, axborot va biologik xavfsizlik”. Sergey Shoygu dekabr oyida ShHTga a’zo davlatlar, MDH mamlakatlari va boshqa do‘st davlatlar mudofaa vazirlarining qo‘shma majlisini koalitsiya xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.
Rossiya ko‘p qutblilikning yangi sharoitida Yevropada barqarorlikning huquqiy asoslarini shakllantirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Vashington rahbarligidagi G‘arb o‘zaro xavfsizlik tizimlaridan voz kechmoqda, Rossiyaning NATOni sharqqa qarab kengaymaslik borasidagi prinsipial pozitsiyasini mensimayapti. Sergey Shoygu global hukmronlikni saqlab qolish uchun “mustaqil davlatlarga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazayotgan... ochiqdan-ochiq shantaj, tahdid, rangli inqiloblar va davlat to‘ntarishini qo‘llayotgan” AQSh va kollektiv G‘arbning rolini keskin baholadi.
Rossiyaga qarshi gibrid urush sifatida Ukraina tanlangan. Uning hududida Pentagonning 30 laboratoriyalarida maxfiy tarzda biologik qurollar komponentlari ishlab chiqarilgan. Bunday hatti-harakatlar ShHTning barcha mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘diradi. Kiyev rejimi Minsk kelishuvlarini bajarishdan bosh tortdi, Donbassda, keyinchalik esa Rossiya Federatsiyasida harbiy tahdidlar yaratdi. Bularning barchasi maxsus harbiy operatsiyaga ehtiyoj tug‘dirdi. AQSh va NATOning Ukrainaga qurol yetkazib berishi qurbonlarni ko‘paytiradi, harbiy mojaroni cho‘zadi. Albatta, G‘arb Rossiyani yakkalash va zaiflashtirishni maqsad qilgan, Ukraina esa sarflanadigan material hisoblanadi. RF ShHT hamkorlariga “prinitsipial pozitsiyasi va qo‘llab- quvvatlagani uchun” minnatdor.
Global gegemonlik uchun AQSh Janubi-sharqiy Osiyoda shakllangan xavfsizlik tizimini buzishga urinmoqda. ShHT makonining janubiy qanotida murakkab davlatlararo qarama-qarshiliklar bor, Vashington “ukrainalashtirishga” harakat qilayotgan keskinlik o‘choqlari paydo bo‘lmoqda.
Xitoyni jilovlash uchun harbiy siyosiy bloklar KVAD (QUAD) va AUKUS (AUKUS) yaratilmoqda, mintaqa mamlakatlari NATO bilan hamkorlikka jalb qilinmoqda. Tayvan muammosi maqsadli ravishda keskinlashmoqda, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida hududiy nizolar kuchaymoqda. Shu bilan birga, mintaqaviy xavfsizlik “faqat ASEAN va boshqa ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlari markaziy roli bilan barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ta’minlanishi mumkin”.
Sergey Shoygu Toshkentdagi uchrashuvda alohida ta’kidladi: “Mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini hal qilishda ShHT mamlakatlarining mustaqil kursi - butun dunyo uchun namuna”. Eslatib o‘taman, 2001-yilda tashkil etilgan ShHT ga sakkiz mamlakat a’zo bo‘lgan: Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston. To‘rt mamlakat- Belarus, Afg‘oniston, Eron va Mo‘g‘uliston- kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Oltita mamlakat - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-lanka - ShHT munosabatlari bo‘yicha hamkorlardir. 2021-yilda ShHTga Eronni qabul qilish jarayonlari boshlangan. Tashkilot shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan. Sayyorada dunyo aholisining deyarli yarmini birlashtiradigan bunday tashkilotning muqobili yo‘q.
Shubhasiz, dunyo tartibining kelajagi bugun Yevropa yoki Amerikada emas, balki Osiyoda - ShHT doirasida belgilanyapti. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash tashkilotning asosiy ustuvorligi bo‘lib qoladi. Bugungi uchrashuv natijalari tashkilotning keyingi rivoji, barqarorlikni mustahkamlash uchun poydevor bo‘ladi. Sentabr oyida Samarqandda ushbu konsturuktiv jarayonning davom etishiga guvoh bo‘lamiz.
Yangiliklar lentasi
0