Jamiyat

Oʻzbekiston Qozon yoshlar sammitida ishtirok etadi

© Sputnik / Roman KruchininVid na ulitsu Baumana v Kazani
Vid na ulitsu Baumana v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tatariston poytaxtida “Qozon – 2022 yilgi IHT yoshlar poytaxti” xalqaro dastur doirasida yoshlar sammati boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. 27-30 avgust kunlari Tatariston poytaxtida Qozon global yoshlar sammiti boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston vakillari unda qatnashishlarini tasdiqlashgan.
Sammitda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlarining sport va yoshlar ishlari boʻyicha vazirlari, IHT mamlakatlari elchilari, bosh konsullari, yoshlar tashkilotlarining yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Sammit “Qozon – 2022 yilgi IHT yoshlar poytaxti” xalqaro dastur doirasida boʻlib oʻtadi.
Unda dunyodagi 50 ta mamlakatdan 300 kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Oʻzbekiston vakillari ham oʻz ishtirokini tasdiqlashgan.
Taʼkidlanishicha, yoshlar migratsiyasi, tadbirkorlik, yoshlar farovonligi va salomatligi kabi mavzular sammitda muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0