https://oz.sputniknews.uz/20220825/ozbekiston-moskvada-otkaziladigan-korgazmada-ishtirok-etadi-27459357.html
O‘zbekiston Moskvada o‘tkaziladigan ko‘rgazmada ishtirok etadi
O‘zbekiston Moskvada o‘tkaziladigan ko‘rgazmada ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunga qadar Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya o‘z ishtirokini tasdiqlagan. 25.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-25T18:42+0500
2022-08-25T18:42+0500
2023-04-05T18:39+0500
o‘zbekiston
ko‘rgazma
jamiyat
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27459804_0:69:1339:822_1920x0_80_0_0_db6c6dfc3cdf3b73b5d0be1967b1b3c4.png
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. 2022-yil 27-sentabrdan 30-sentabrgacha Moskvada “Bolalik dunyosi-2022” 27-Xalqaro bolalar tovarlari sanoat ko‘rgazmasi va 28-“Bolalar va yoshlar modasi”-“ CJF – Bolalar modasi-2022. Kuz” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etadi. Bu haqda Ekspotsentr xabar bergan.Bular Rossiya va MDH mamlakatlaridagi yetakchi sanoat ko‘rgazmalari bo‘lib, ularda bolalar va o‘smirlar uchun tovarlar va xizmatlar bozorini rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari taqdim etiladi.“Bolalik dunyosi-2022” ko‘rgazmasi Rossiya Savdo-sanoat palatasi homiyligida o‘tkazilmoqda.Bugungi kunga qadar Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya o‘z ishtirokini tasdiqlagan.Ko‘pgina Yevropa brendlarining Rossiya bolalar tovarlari bozoridan chiqib ketishi munosabati bilan rus distribyutorlari rus ishlab chiqaruvchilari va do‘st mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.Bolalar modasi olamidagi muhim voqea “CJF – Bolalar modasi-2022. Kuz” ko‘rgazmasi bo‘ladi. Bu xalqaro miqyosda bolalar modasi sanoati mutaxassislari uchun noyob muloqot vositasidir. Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Belarus Respublikasi va Turkiyaning 200 ga yaqin brendlari tomonidan yuqori sifatli zamonaviy liboslar, oyoq kiyimlar, bolalar uchun aksessuarlar, noyob dizayn yechimlari, bo‘lg‘usi onalar uchun kiyimlar, matolar va aksessuarlarning yangi kolleksiyalari taqdim etiladi.Ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari boy biznes dasturiga ega bo‘ladi. Bular forumlar, konferensiyalar, master-klasslar, seminarlar, yangi moda kolleksiyalari namoyishlari, havo sharlari festivali va boshqalar. Biznes dasturining markaziy tadbirlaridan biri bolalar tovarlari sanoatining XIII Kongressi bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27459804_75:0:1262:890_1920x0_80_0_0_d9d61f988df467e6f6f938b6b2bbc590.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ko‘rgazma, jamiyat, rossiya
o‘zbekiston, ko‘rgazma, jamiyat, rossiya
O‘zbekiston Moskvada o‘tkaziladigan ko‘rgazmada ishtirok etadi
18:42 25.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Bugungi kunga qadar Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya o‘z ishtirokini tasdiqlagan.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. 2022 yil 27-sentabrdan 30-sentabrgacha Moskvada “Bolalik dunyosi-2022” 27-Xalqaro bolalar tovarlari sanoat ko‘rgazmasi va 28-“Bolalar va yoshlar modasi”-“ CJF – Bolalar modasi-2022. Kuz” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etadi. Bu haqda Ekspotsentr
xabar bergan. Bular Rossiya va MDH mamlakatlaridagi yetakchi sanoat ko‘rgazmalari bo‘lib, ularda bolalar va o‘smirlar uchun tovarlar va xizmatlar bozorini rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari taqdim etiladi.
“Bolalik dunyosi” professional hamjamiyat uchun muhim voqeaga, mamlakatimizdagi bolalar tovarlari sanoati vakillarining an’anaviy uchrashuv joyiga aylandi. Ko‘rgazma an’anaviy tarzda “CJF – Bolalar modasi. Kuz” xalqaro ko‘rgazmasi bilan birgalikda o‘tkaziladi. Kuz – yangi mahsulotlarni namoyish qilish, bozorni tahlil qilish, sotish rejalarini aniqlash va keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun qulay vaqt”, dedi Ekspotsentr AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sergey Selivanov.
“Bolalik dunyosi-2022” ko‘rgazmasi Rossiya Savdo-sanoat palatasi homiyligida o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunga qadar Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya o‘z ishtirokini tasdiqlagan.
Ko‘pgina Yevropa brendlarining Rossiya bolalar tovarlari bozoridan chiqib ketishi munosabati bilan rus distribyutorlari rus ishlab chiqaruvchilari va do‘st mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Bolalar modasi olamidagi muhim voqea “CJF – Bolalar modasi-2022. Kuz” ko‘rgazmasi bo‘ladi. Bu xalqaro miqyosda bolalar modasi sanoati mutaxassislari uchun noyob muloqot vositasidir. Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Belarus Respublikasi va Turkiyaning 200 ga yaqin brendlari tomonidan yuqori sifatli zamonaviy liboslar, oyoq kiyimlar, bolalar uchun aksessuarlar, noyob dizayn yechimlari, bo‘lg‘usi onalar uchun kiyimlar, matolar va aksessuarlarning yangi kolleksiyalari taqdim etiladi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari boy biznes dasturiga ega bo‘ladi. Bular forumlar, konferensiyalar, master-klasslar, seminarlar, yangi moda kolleksiyalari namoyishlari, havo sharlari festivali va boshqalar. Biznes dasturining markaziy tadbirlaridan biri bolalar tovarlari sanoatining XIII Kongressi bo‘ladi.