https://oz.sputniknews.uz/20220825/ozbekiston-delegatsiyasi-moskvadagi-bolalar-madaniy-forumida-ishtirok-etmoqda-27469504.html
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Bolalar madaniy forumida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Bolalar madaniy forumida ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirning asosiy yo‘nalishlari: musiqa, xoreografiya, teatr va tasviriy san’at, kino va animatsiya, muzeylar va ko‘rgazmalar, an’anaviy va yangi media. 25.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-25T15:21+0500
2022-08-25T15:21+0500
2022-08-25T15:38+0500
rossiya
forum
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27468982_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e173dadcb13e37c25e4439d600b47013.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Bolalar madaniy forumida ishtirok etmoqda.Bugun Moskvada bolalar va kattalar o‘rtasida fikr va g‘oyalar almashinuvi uchun o‘ziga xos platforma – Bolalar madaniy forumining ma’rifiy va festival dasturlari boshlandi.Forumda Rossiyaning barcha mintaqalari va xorijdan kelgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yangi do‘stlar topishlari, o‘z iste’dodlarini kashf etishlari, shuningdek, dunyoga mashhur madaniyat arboblari bilan tanishishlari mumkin.Ularni 60 dan ortiq turli tadbirlar jumladan, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, taniqli rassomlar ishtirokidagi suhbatlar, mahorat darslari va ijodiy mahorat darslari kutmoqda.Forumda ishtirkchilar o‘z yutuqlarini namoyish etishlari va tengdoshlari bilan ijodiy tajriba almashishlari mumkin.Tadbirning asosiy yo‘nalishlari: musiqa, xoreografiya, teatr va tasviriy san’at, kino va animatsiya, muzeylar va ko‘rgazmalar, an’anaviy va yangi media.Spikerlar orasida taniqli shaxslar ham bor: Sergey Bezrukov, Igor Butman, Yelena Gagarina, Yuliana Slasheva, Nikolay Siskaridze, Nonna Grishayeva, Konstantin Xabenskiy, Aleksandr Oleshko, Potr Dranga va boshqalar.Biroz avval forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bolalarni Sergey Bezrukov, Igor Butman va Nikolay Siskaridze tabriklashdi. Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimovaning chiqishi kutilmoqda.Ayni paytda Moskva butun Rossiya va xorijdan forumga kelgan delegatsiyalarni kutib olmoqda. Tadbirda Rossiya Federatsiyasining barcha 85 ta subyekti va 12 ta xorijiy davlatdan jami 1,5 mingdan ortiq bolalar ishtirok etadi.Ular orasida 500 nafar bola - maktab o‘quvchilari uchun " Bolshaya peremena " Butunrossiya tanlovi ishtirokchilari, shuningdek, Yosh jurnalistlar ligasining 30 nafar yosh media mutaxassislari bor.Ular forum doirasidagi tadbirlarni yoritadi: tok-shou va videokundalik formatida jonli efirlar olib boradi, forum ishtirokchilari va ma’ruzachilari bilan suhbatlashadi, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27468982_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2e1832ddb5c08bc0e3071cadbec13081.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, forum, moskva
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Bolalar madaniy forumida ishtirok etmoqda
15:21 25.08.2022 (yangilandi: 15:38 25.08.2022) Tadbirning asosiy yo‘nalishlari: musiqa, xoreografiya, teatr va tasviriy san’at, kino va animatsiya, muzeylar va ko‘rgazmalar, an’anaviy va yangi media.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Bolalar madaniy forumida ishtirok
etmoqda. Bugun Moskvada bolalar va kattalar o‘rtasida fikr va g‘oyalar almashinuvi uchun o‘ziga xos platforma – Bolalar madaniy forumining ma’rifiy va festival dasturlari boshlandi.
Forumda Rossiyaning barcha mintaqalari va xorijdan kelgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yangi do‘stlar topishlari, o‘z iste’dodlarini kashf etishlari, shuningdek, dunyoga mashhur madaniyat arboblari bilan tanishishlari mumkin.
Ularni 60 dan ortiq turli tadbirlar jumladan, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, taniqli rassomlar ishtirokidagi suhbatlar, mahorat darslari va ijodiy mahorat darslari kutmoqda.
Forumda ishtirkchilar o‘z yutuqlarini namoyish etishlari va tengdoshlari bilan ijodiy tajriba almashishlari mumkin.
Tadbirning asosiy yo‘nalishlari: musiqa, xoreografiya, teatr va tasviriy san’at, kino va animatsiya, muzeylar va ko‘rgazmalar, an’anaviy va yangi media.
Spikerlar orasida taniqli shaxslar ham bor: Sergey Bezrukov, Igor Butman, Yelena Gagarina, Yuliana Slasheva, Nikolay Siskaridze, Nonna Grishayeva, Konstantin Xabenskiy, Aleksandr Oleshko, Potr Dranga va boshqalar.
Biroz avval forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bolalarni Sergey Bezrukov, Igor Butman va Nikolay Siskaridze tabriklashdi. Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimovaning chiqishi kutilmoqda.
Ayni paytda Moskva butun Rossiya va xorijdan forumga kelgan delegatsiyalarni kutib olmoqda. Tadbirda Rossiya Federatsiyasining barcha 85 ta subyekti va 12 ta xorijiy davlatdan jami 1,5 mingdan ortiq bolalar ishtirok etadi.
Ular orasida 500 nafar bola - maktab o‘quvchilari uchun " Bolshaya peremena " Butunrossiya tanlovi ishtirokchilari, shuningdek, Yosh jurnalistlar ligasining 30 nafar yosh media mutaxassislari bor.
Ular forum doirasidagi tadbirlarni yoritadi: tok-shou va videokundalik formatida jonli efirlar olib boradi, forum ishtirokchilari va ma’ruzachilari bilan suhbatlashadi, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratadi.